×

Maltada 4 haftalik ingliz tili va IELTS kursini oʻqish uchun toʻliq grant; bepul turar joy ham taʼminlanadi!


Grant

MUHLAT

25.07.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Malta

O'QILGAN

23942 marta

Maltada joylashgan Maltalingua ingliz tili maktabi 4 hatfalik ingliz tili va IELTS kursi uchun grant eʼlon qildi. Bu grant uchun butun dunyodan kamida 18 yosh boʻlgan barcha ariza berishi mumkin.

Gʻolib boʻlgan nomzodga ushbu kursni oʻqish uchun muayyan vaqt oraligʻidan oʻziga maʼqul kelgan 4 haftani tanlash imkoni beriladi.

Arizalar ingliz tilida qabul qilinadi. Tanlovga ariza topshirish bepul.

Grant kimlar uchun?

Kamida 18 yosh boʻlgan barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu grantni qoʻlga kiritgan nomzod quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Maltada 4 hafta davomida umumiy ingliz tili va IELTS kursida bepul oʻqish.
  • Kurs materiallari bepul taʼminlanadi, bepul daraja testlari tashkil etiladi va kurs oxirida sertifikat beriladi.
  • Bepul turar joy taʼminlanadi. Xonada kondetsioner ham bor.
  • Maltaga borganda aeroportdan maktabga borish va kurs yakunlangach yana aeroportga qaytish uchun transport taʼminlanadi.
  • Hordiq chiqarish mashgʻulotlaridan bepul foydalanish mumkin.
  • Mahalliy doʻkon va restoranlar uchun chegirma taqdim etuvchi karta beriladi.
  • Maktabning choʻmilish havzasidan bepul foydalanish imkoni beriladi.
  • Bepul SIM-karta beriladi.
  • Dushanba kuni kutib olish marosimi tashkil etiladi.
  • Netflix, DVD disklar va kitoblardan bepul foydalanish mumkin.

Maltaga borish va kelish hamda oziq-ovqat xarajatlarini ishtirokchining oʻzi qoplashi kerak.

Talablar:

Dasturda qatnashish talab va shartlari quyidagicha:

  • Istalgan davlat fuqarosi ariza berishi mumkin.
  • Nomzod ariza berish vaqtida kamida 18 yosh boʻlishi lozim.
  • Maltalingua Ltd. xodimlari, ularning yaqin qarindoshlari bu tanlovda qatnasha olmaydi.
  • Bir kishi faqat bitta (bir marta) ariza topshirishi mumkin.
  • Grant yutib olingandan keyin uni boshqaga oʻtkazishga ruxsat berilmaydi.
  • Dasturda qatnashish orqali ishtirokchi Maltalingua Ltd. tomonidan soʻralishi mumkin boʻlgan reklama faoliyati va materiallarida ishtirok etishga rozilik beradi.
  • Nomzodlar arizani ingliz tilida toʻldirishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga arizalar 2022-yil 25-iyungacha onlayn tarzda BU YERDA qabul qilinadi.

Ariza toʻldirishda nomzoddan quyidagi maʼlumotlarni taqdim etish soʻraladi:

  • Toʻliq ism-familiya.
  • Elektron pochta manzili. Ishlaydigan, parol va logini yodingizga boʻlgan elektron pochta raqamini topshirish kerak.
  • Telefon raqam. Bunda mamlakat kodi ham kiritilishi kerak (Oʻzbekiston telefon raqamlari uchun mamlakat kodi: +998).
  • “Nega ingliz tilingizni yaxshilashni xohlaysiz?” degan savolga javob.

Arizalar ingliz tilida toʻldirilishi lozim. Tanlov gʻolibi maktab veb-saytida eʼlon qilinadi, shuningdek gʻolibga email orqali ham xabar qilinadi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin tanlov haqidagi rasmiy eʼlon va tanlov shartlari bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!