×

Manfred Wörner Scholarship: Germaniyada tadqiqot olib borish uchun 2000 yevro oylik stipendiya!


Grant

MUHLAT

01.03.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

2659 marta

Germaniya Mudofaa vazirligi NATOning sobiq bosh sekretari marhum doktor Manfred Wörner sharafiga har yili Manfred Wörner stipendiya dasturini taklif etadi. Stipendiya NATOga oid biror mavzuda Germaniya Federativ Respublikasining tashqi, xavfsizlik va mudofaa siyosatiga oid boʻlgan mavzular boʻyicha ilmiy tadqiqot olib borish uchun beriladi.

Stipendiya har yili 1 nafar tadiqoqtchiga ajratiladi hamda tadqiqot davri maksimal 12 oygacha boʻlishi mumkin. Tadqiqot davri mobaynida stipendiya sohibining ilmiy faoliyati Germaniyadagi Qurolli kuchlar universitetlarining biridagi (Bundeswehr University Munich yoki Helmut Schmidt University) tegishli tadqiqot loyihasiga masʼul boʻlgan professor tomonidan nazorat qilinadi (ilmiy rabar sifatida). Professorning ilmiy rahbarlik qilishi masalasi ariza topshirishdan oldin kelishib olinishi kerak.

Tadqiqot Germaniyada Qurolli kuchlar universitetlarining birida olib boriladi.

Grant kimlar uchun?

Yosh tadqiqotchilar va akademik (ilmiy) tajribaga ega harbiy ofitserlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tadqiqot uchun saralab olingan nomzodga tadqiqot davri mobaynida oyiga 2000 yevro stipendiya ajratiladi.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Dasturga iqtidorli yosh tadqiqotchilar va akademik (ilmiy) tajribaga ega harbiy ofitserlar qatnashishi mumkin.
  • Nomzod NATO yoki Tinchlik uchun hamkorlik dasturiga aʼzo davlatlardan birining fuqarosi boʻlishi kerak (Oʻzbekiston bu davlatlar roʻyxatida bor). Shuningdek, Afgʻoniston fuqarolari ham ariza topshirishi mumkin.
  • Avval ushbu grantni qoʻlga kiritganlar ariza topshira olmaydi.
  • Nomzod ingliz, nemis va fransuz tillaridan birini yaxshi bilishi kerak (tadqiqot shu tillardan birida olib boriladi).

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar 2022-yil 1-martga qadar qabul qilinadi.

Nomzodlardan quyidagi hujjatlarni ingliz, nemis yoki fransuz tilida topshirish talab etiladi:

  • Ariza xati/shakli.
  • CV.
  • Tadqiqotning qisqa bayoni (5-12 bet). Bayon quyidagilardan iborat boʻlishi kerak:
    – Mavzu
    – Asosiy qism
    – Muammo / Tadqiqot obyekti
    – Mavzuning dolzarbligi / aloqadorligi
    – Metodologiya
    – Bibliografiya
  • Nomzodning universitetdagi professor-oʻqituvchisidan tavsiyanoma.

Nomzodlar yuqoridagi hujjatlarni Qurolli kuchlar universitetlarining biridagi (Bundeswehr University Munich yoki Helmut Schmidt University) xalqaro boʻlimga 2022-yil 1-martdan kechiktirmagan holda topshirishi lozim.

Arizalar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:

  • Ambitsiya va tadqiqot rejasining (bayonining) sifati.
  • Moliyalashtirish davrida tadqiqot ishining tugatish imkoniyati (maksimal 12 oy ichida).
  • Mavzuning barqarorligi hamda NATO yoki Germaniya Federativ Respublikasining tashqi, xavfsizlik va mudofaa siyosatiga oid ekanligi.

Tadqiqot 2022-yol 1-oktabrdan boshlanadi.

Arizalarni topshirish va savollar yuzaisdan mutojaat uchun kontaktlar:

1. Helmut-Schmidt-Universität (Universität der Bundeswehr Hamburg)
Akademisches Auslandsamt (International Office)
Holstenhofweg 85
22043 Hamburg

Aloqaga masʼul shaxs:
Dr Martin Nassua
Tel: +49 (0) 40 6541 2711
Email: nassua@hsu-hh.de

2. Universität der Bundeswehr München
Auslandsbüro (International Office)
Werner-Heisenberg-Weg 39
Gebäude 33/300, 1351-1353
85577 Neubiberg

Aloqaga masʼul shaxs:
Dr Alexandra Bettag
Tel: +49 (0) 89 6004 4683
Email: international.office@unibw.de

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!