×

Markaziy Osiyo suv resurslari haqidagi tadqiqot ishlari boʻyicha tanlov: mukofot jamgʻarmasi 8000 yevro!


Grant

MUHLAT

31.08.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Qozog'iston

O'QILGAN

2338 marta

Budapeshtdagi Corvinus University of Budapest – CUBʼning Markaziy Osiyoni Tadqiq Qilish Markazi hamda Qozogʻistondagi Nemis-Qozoq Universiteti (DKU) hamkorlikda magistratura va PhD bosqichi talabalari, talabalar va yosh tadqiqotchilar guruhlarini “Water as a driver of sustainable recovery: economic, institutional and strategic aspects of water resources management in Central Asia” mavzusiga bagʻishlangan tadqiqot ishlari (maqolalar) tanlovida oʻz tadqiqot ishlari bilan qatnashishga taklif etadi.

Tadqiqot ishlari tashkilotchilar tomonidan 2020-yil 3-noyabrdan 2021-yil 20-maygacha tashkil etilgan – jami toʻrtta vebinar mavzularidan biridagi masalalarga oid boʻlishi zarur:

  1. Post-covid-19 recovery strategies: putting the water sector of Central Asia on an economically and financially sustainable path: lessons, problems, opportunities”
  2. “Identifying essential structural and institutional reforms to achieve economic sustainability of the water sector of Central Asia”
  3. Outlining the economic foundations of regional cooperation on water in Central Asia
  4. “Strategic Aspects of Water Resources Management in Central Asia”

Loyihaning asosiy maqsadi suv boshqaruvini takomillashtirish, uning qanday qilib COVID-19 inqirozidan soʻng barqaror iqtisodiyotni tiklash uchun taʼsirchan turtki boʻlishi mumkinligini namoyish etishdan iborat. Loyiha ishtirokchilarga suv resurslarini boshqarishning iqtisodiy, institutsional va strategik jihatlarini tahlil qilish, milliy va mintaqaviy darajada qaror qabul qiluvchilar uchun qisqa va uzoq muddatli tavsiyalar ishlab chiqishga imkon beradi.

Qatnashchilar tanlovda yakka va guruh boʻlib ishtirok etishlari mumkin. Vebinarlar boʻyicha maʼlumotlarni Blue Peace Central Asia/CAREC veb-saytidan topishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Magistratura, PhD bosqichi talabalari, talabalar va yosh tadqiqotchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur yakunida gʻoliblar (har bir mavzu boʻyicha) quyidagicha taqdirlanadilar:

  • 1-oʻrin: har bir mavzu boʻyicha 1 nafardan gʻolibga 1000 yevrodan mukofot;
  • 2-oʻrin: har bir mavzu boʻyicha 2 nafardan gʻolibga 500 yevrodan mukofot;
  • Eng yaxshi tadqiqot ishlari “Central Asian Journal of Water Research” jurnalida chop etiladi.
  • Eng yaxshi tadqiqot ishi mualliflari 2021-yil sentyabrda Olma-Ota shahrida oʻtkaziladigan seminarga taklif etilishi mumkin.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Dastur magistratura, PhD bosqichi talabalari, talabalar va yosh tadqiqotchilar guruhlariga moʻljallangan. Tadqidotchilar yoshi 30 dan oshmagan boʻlishi kerak.
  • Tadqiqot ishi yuqorida keltirilgan mavzulardan biriga doir boʻlishi kerak.
  • Tadqiqot ishlari rus yoki ingliz tilida boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Tadqiqot ishlari 2021-yil 31-avgustgacha marton.krasznai@uni-corvinus.hu elektron pochtasiga yuborilishi kerak. Lozim boʻlgan taqdirda, Corvinus University of Budapest tadqiqotchilarga maʼlumotlar, manbalar va metodologiya boʻyicha maslahatlar berishi mumkin.

Taqdim etilgan ishlarni Corvinus University of Budapest – CUB va Nemis-Qozoq Universiteti (DKU) vakillaridan tashkil topgan ekspertlar guruhi baholaydi.

Tanlov haqidagi toʻliq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Tashkilotchilar tomonidan oʻtkazilgan 4 ta vebinarni BU YERDAN topishingiz mumkin.

Savollar yuzasidan marton.krasznai@uni-corvinus.hu elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!