×

Markaziy Osiyodagi Amerika Universiteti: Bakalavriat kurslari uchun toʻliq grantlar; bepul turar joy va yoʻl xarajatlari qoplanadi!


Grant

MUHLAT

13.01.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Qirg'iziston

O'QILGAN

3327 marta

AQShning U.S.Central Asia Foundation tashkiloti va Qirgʻizistonning Bishkek shahrida joylashgan Markaziy Osiyodagi Amerika universiteti – American University of Central Asia (AUCA) iqtisod, biznes va texnologiya sohalarida bakalavriat bosqichida tahsil olishni xohlovchilar uchun 2020-2021 U.S.-CAEF scholarships grant dasturini taqdim qiladi.

Universitet 1993-yilda tashkil etilgan. Universitet Markaziy Osiyodagi Amerika Qoʻshma Shtatlari akkreditatsiyasini olgan birinchi oliy oʻquv yurti hisoblanadi. Universitet fakultetlari haqida shu yerdan ma’lumot olish mumkin.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga quyidagi imtiyozlar yaratib beriladi:

  1. Universitetda 4 yil tahsil olish uchun oʻqish puli toʻliq qoplanadi.
  2. Yashash va turar joy xarajatlari qoplab beriladi.
  3. Yoʻl xarajatlari uchun mablagʻ beriladi.
  4. Akademik konsultatsiya beriladi va qoʻllab-quvvatlanadi.

Grant haqida batafsil maʼlumot: shu yerda.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikistonlik nomzodlar ariza bera oladi.
  2. Nomzod ariza berayotgan vaqtda ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  3. Nomzod biznes sohasi boʻyicha yuqori natijalar koʻrsatgan, a’lochi, moliyaviy koʻmakka muhtoj va liderlik salohiyatiga ega boʻlishi kerak.
  4. Nomzod universitetning 2020-21-oʻquv yilida oʻqitiladigan kurslariga oʻqishga kirishi lozim.
  5. Nomzod universitetda oʻqish uchun kerakli barcha immigratsion hujjatlarga ega boʻlishi zarur.
  6. Nomzod oʻqish tugagach oʻz vataniga qaytishi va iqtisod hamda biznes rivojiga hissa qoʻshishi lozim.
  7. AQSh fuqarolari/rezidentlari/yashayotganlar bu grantga ariza bera olmaydi.
  8. Yuqorida koʻrsatilgan 4ta davlatdan boshqa davlat vakillari bu grantga hujjat topshira olmaydi.
  9. Almashuv dasturida oʻqiyotganlar bu grantda qantasha olmaydi.
  10. Ayni vaqtda AUCAda oʻqiyotgan talabalar bu grantga ariza bera olmaydilar.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar grant uchun 2020-yil 13-yanvarga qadar qabul qilinadi. Stipendiyaga ariza berish uchun avval universitetga qabul uchun ariza topshirish kerak.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Oʻqishga ariza berishdan avval shu yerdan AUCAda oʻqitiladigan kerakli kursni tanlang.
  2. Qanday qilib universitetda hujjat topshirishni esa: shu yerdan toʻliq oʻrganib chiqing.
  3. Universitetga ariza bering.
  4. Grantga ariza onlayn yoki qogʻoz shaklida topshiriladi. Onlayn ariza: shu yerda topshiriladi. Onlayn ariza berishda tizimga hamma hujjatlarni birdaniga joylash kerak.
  5. Grantga qogʻoz shaklda ariza topshirish boʻyicha ma’lumotlar esa: shu yerda.
  6. Grant boʻyicha hamma hujjatlar va talablar haqida batafsil ma’lumotlarni: shu yerdan oʻrganib chiqing va hujjat topshirishda ularga amal qiling.
  7. Grant bo`yicha savollar bilan: yurtimizdagi koordinatorga akhasanov@americancouncils.org manzili orqali murojaat qiling.

Hujjatlar tarkibi (taxminiy):

  1. Onlayn yoki qogʻoz shakldagi ariza.
  2. Motivatsion xat so`ralishi mumkin.
  3. Til sertifikati CEFR, IELTS, TOEFL.
  4. Maʼlumot haqidagi hujjat (attestat, diplom).
  5. Baholar varagʻi (diplom ilovasi).
  6. Tibbiy sertifikat/maʼlumotnoma.
  7. Pasport nusxasi.

Ushbu grant yuzasidan Oʻzbekistondagi U.S.CAEF vakilidan maslahat olishingiz mumkin:

12 Shota Rustaveli Street,

Tashkent, Uzbekistan, 100070

+998 78 150 71 50

E-mail: uscaef.uz@americancouncils.org; akhasanov@americancouncils.org

Ma’lumot uchun: Koordinator: akhasanov@americancouncils.org manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!