×

Qirgʻiziston: Markaziy Osiyodagi moslashish va transformatsiyalar boʻyicha konferensiya; safar va turar joy xarajatlari qoplanadi


Grant

MUHLAT

15.07.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Qirg'iziston

O'QILGAN

2309 marta

2022-yil 24-25-sentabr kunlari Bishkekdagi OSCE Akademiyasida Markaziy Osiyodagi moslashish va transformatsiyalarga bagʻishlangan 4-sohalararo konferensiya boʻlib oʻtadi.

Bishkekdagi OSCE Akademiyasi va Friedrich Ebert jamgʻarmasi mazkur konferensiyada qatnashish uchun Markaziy Osiyodagi moslashish va transformatsiya boʻyicha holatlar hamda tadqiqotlar haqidagi 200 soʻzli taqdimot arizalarini (annotatsiyalarini) qabul qilmoqda.

Topshirgan ishlari asosida saralangan nomzodlar 2022-yil 24-25-sentabr kunlari Bishkekdagi OSCE Akademiyasida boʻlib oʻtadigan Markaziy Osiyodagi moslashish va transformatsiyalarga bagʻishlangan 4-sohalararo konferensiyaga taklif etiladi. Taklif etilganlar konferensiyada oʻz izlanishlari natijalari haqida taqdimot qiladi.

Annotatsiyalar ingliz tilida topshiriladi, konferensiya ham ingliz tilida boʻladi.

Grant kimlar uchun?

Olimlar, tadqiqotchilar va amaliyotdagi mutaxassislar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Konferensiyada qatnashish uchun qabul qilinganlar quyidagi imtiyozlar bilan taʼminlanadi:

  • Safar xarajatlari qoplanadi.
  • Turar joy xarajatlari qoplanadi.

Talablar:

  • Barcha sohadagi olimlar, tadqiqotchilar va siyosatning istalgan sohasidagi amaliyotchi mutaxassislar taqdimot qilish uchun ariza (annotatsiya) bera oladi.
  • Taqdimot annotatsiyasi 200 soʻzdan oshib ketmasligi kerak.
  • Annotatsiya ingliz tilida boʻlishi va konferensiyadagi taqdimot ham ingliz tilida qilinishi kerak. Bu nomzodlarning ingliz tilini yetarli darajada bilishi kerakligini anglatadi.
  • Annotatsiya Markaziy Osiyodagi moslashish va transformatsiya boʻyicha holatlar hamda tadqiqotlar haqida boʻlishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Annotatsiyalar 2022-yil 15-iyulgacha qabul qilinadi. Nomzodlar annotatsiyalarini a.mihr@osce-academy.net elektron pochtasiga (Prof. Dr. Anja Mihr, Associate Professor, OSCE Academy in Bishkek) topshirishi kerak.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin rasmiy eʼlon va oʻtkaziladigan konferensiya bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!