×

Markaziy Yevropa Universitetida turli sohalarda magistraturada o’qish uchun grant!


Grant

MUHLAT

04.02.2016

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Vengriya

O'QILGAN

1031 marta

Markaziy Yevropa Universiteti Vengriyaning Budapesht shahrida joylashgan bo’lib, AQSh va Vengriyada akkreditatsiyadan o’tgan. Dastur quyidagi sohalar bo’yicha magistraturaga arizalarni qabul qiladi:

  • Biznes;
  • Miya tadqiqotlari;
  • Iqtisodiyot;
  • Atrof-muhit (ekologiya) va uning siyosati;
  • Gender;
  • Tarix;
  • Xalqaro aloqalar;
  • Huquqshunoslik;
  • Matematika;
  • O’rta asrlar tarixi;
  • Milliylik yoki millatchilik (Nationalism studies);
  • Tizim fanlari (doktorantura) (Network science);
  • Falsafa;
  • Siyosatshunoslik;
  • Davlat boshqaruvi;
  • Jamiyatshunoslik va Ijtimoiy antropologiya.

Grant kimlar uchun?

BAKALAVRNI TAMOMLAGANLAR UCHUN

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitet magistratura uchun ikki turdagi grant dasturini taklif etadi:

A’lo darajadagi magistratura granti

  • O’qish xarajatlari;
  • Tibbiy sug’urta;
  • Turar-joy;
  • Oyiga 96,000 HUF stipendiya

Magistratura granti:

  • O’qish xarajatlari;
  • Tibbiy sug’urta;
  • Turar-joy;
  • Oyiga 50,000 HUF stipendiya.

Dasturga qabul qilingan nomzodlar Budapeshtga safar xarajatlarini o’z hisoblaridan qoplashi lozim.

Talablar:

Kim uchun:

  • Kamida bakalavr diplomiga ega;
  • TOEFL iBTdan kamida 88, IELTS dan kamida 6.5 ballga ega (Universitet mazkur test natijasiga ega bo’lmagan nomzodlar uchun 2016-yil 2-aprelda quyidagi shaharlarda bepul test o’tkazadi. Nomzodlar ro’yxatda berilgan shaharlardan biriga test topshirish uchun borish xarajatlariga o’zlari javobgar bo’ladi. Mazkur bepul testni topshirishni istagan nomzodlar ariza topshirish muhlatiga qadar TOEFL yoki IELTS testini topshirishi shart emas.);

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza to’ldirish tartibi:

Ariza to’ldirish uchun so’nggi muhlat 2016-yil 4-fevral. Quyidagilar ariza tarkibiga kiradi:

  • Ariza shakli SHU YERDA;
  • Tavsiyanomalar;
  • Diplom va baholar;
  • Rezyume;
  • Maxsus dasturga tegishli hujjatlar;
  • Ingliz tilini bilishini tasdiqlovchi test natijalari (IELTS yoki TOEFL test natijasiga ega bo’lmaganlar, universitet tomonidan tashkillashtiriladigan testda ishtirok etish uchun maxsus formani to’ldirishi mumkin);
  • Ariza to’ldirish to’lovi.

Markaziy Yevropa Universitetiga ariza topshirish uchun ariza to’lovini to’lash lozim bo’lib, ariza to’lovi 40 AQSh dollaridan iborat. Bir marta to’lov to’lash bilan bir nechta dasturga ariza topshirish mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!