×

Markaziy Yevropa universitetining stipendiyali dasturi


Grant

MUHLAT

01.02.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Vengriya

O'QILGAN

1982 marta

Vengriyaning Budapesht shahrida joylashgan Markaziy Yevropa universiteti xalqaro talabalar uchun stipendiyali dasturini e’lon qildi. Ushbu dasturga magistrlik yoki doktorlik darajasini olishni xohlovchi talabalar topshirishi mumkin.

Grant kimlar uchun?

Magistratura yoki doktoranturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Magistrlik darajasiga topshirgan nomzodlar quyidagi iqtisodiy ta’minotlar bilan ta’minlanadi:

  • 100 foizgacha o’quv puli (tuition fee) to’lab beriladi;
  • Tibbiy sug’urta xarajatlari to’lab beriladi;
  • Nomzodning iqtisodiy holati va ta’limda erishgan yutuqlariga qarab 96000 Vengriya forinti (taxminan 310 yevro) yoki 50000 Vengriya forinti (taxminan 160 yevro) miqdoridagi oylik stipendiya bilan ta’minlanadi.

Doktorlik darajasiga topshirgan nomzodlar quyidagi iqtisodiy ta’minotlar bilan ta’minlanadi:

  • Ta’lim puli to’liq to’lab beriladi;
  • Tibbiy sug’urta xarajatlari qoplab beriladi;
  • 242000 Vergriya forinti (taminan 780 yevro) oylik stipendiya bilan ta’minlamadi.

Talablar:

Magistrlik darajasiga topshiruvchi nomzodlar uchun talablar:

  • Nomzod bakalavr diplomiga ega bo’lishi kerak. Bakalavrning oxirgi kursida o’qiyotganlar qabul tugaguncha shunday diplomni qo’lga kiritishini isbotlovchi hujjat (ma’lumotnoma) ni taqdim qilishlari mumkin.
  • Ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi hujjat (IELTS, TOEFL) ga ega bo’lishi lozim. Ushbu hujjat baliga qo’yilgan talab magistrlik yo’nalishlariga qarab farq qilishi mumkin.

Doktorlik darajasiga topshiruvchi nomzodlar uchun talablar:

  • Nomzod magistr diplomiga ega bo’lishi kerak. Magistraturaning oxirgi kursida o’qiyotganlar qabul tugaguncha shunday diplomni qo’lga kiritishini isbotlovchi hujjat (ma’lumotnoma) ni taqdim qilishlari mumkin.
  • Ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi hujjat (IELTS, TOEFL) ga ega bo’lishi lozim. Ushbu hujjat baliga qo’yilgan talab tanlangan yo’nalishga qarab farq qilishi mumkin.

Magistratura yoki doktoranturada yo’nalishlari hamda boshqa ma’lumotlar olish uchun SHU YERNI bosing.

Topshirish talab etiladigan xujjatlar:

Belgilangan tartib to’ldirilgan ariza. Tavsiyanomalar. Diplom va ilovadagi baholar. CV. Ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi hujjat. Shuningdek tanlangan yo’nalishga topshirishda ham ma’lum qo’shimcha hujjatlar so’ralishi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza onlayn to’ldiriladi. Ariza to’ldirish uchun SHU YERNI bosing.

Grant e'lon qilgan tashkilot:

Central European University

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!