×

Maryville College: AQSh bakalavr kurslari uchun 23 000 dollargacha grantlar


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1042 marta

AQShda joylashgan Maryville College universiteti tomonidan taqdim etiladigan International Scholarships grantlariga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grantlar shu universitet bakalavr kurslarida o’qish uchun ajratilgan. Grantlarni AQShdan boshqa davlatlar fuqarolari yutib olishlari mumkin. Maryville universitetida mavjud barcha bakalavr kurslari ro’yxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kursida o’qishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Maryville universitetida xorijlik talabalar uchun turli grantlar mavjud. Grant miqdori yiliga 15 000 AQSh dollaridan 23 000 AQSh dollarigacha bo’lib, nomzodning baholari va boshqa yutuqlariga asosan belgilanadi. Grantlar talabalarga baholari pasayib ketmasligi va F-1 talaba vizasi statusini saqlab qolish sharti bilan 4 yilgacha beriladi.

Quyidagi grantlarda ko’rsatilgan baholar 4 ballik baholash tizimida (GPA) ko’rsatilgan.

  1. International Presidential Scholarship – baholari GPA 3,8 yoki undan yuqori talabalar uchun. 19 000-23 000 AQSh dollari miqdorida.
  2. International Dean’s Scholarship – baholari GPA 3,5 yoki undan yuqori talabalar uchun. 18 000-22 000 AQSh dollari miqdorida.
  3. International Maryville College Scholarship – baholari GPA 3,0 yoki undan yuqori talabalar uchun. 17 000-21 000 AQSh dollari miqdorida.
  4. International MC Scots Scholarship – baholari GPA 2,5 yoki undan yuqori talabalar uchun. 15 000-19 000 AQSh dollari miqdorida.

Talablar:

  • Grant uchun: nomzod Maryville universiteti bakalavr kurslaridan biriga birinchi kursga hujjat topshirishi kerak (1-martgacha).
  • Nomzod akademik va ijtimoiy hayotida yuqori natijalarni ko’rsatgan, yutuqlarga erishgan, kuchli xarakter egasi bo’lishi zarur.
  • Bakalavr kurslariga qabul qilinish uchun: nomzod maktabni (litsey/kollej) tamomlagan bo’lishi lozim.
  • Ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Qabul uchun kamida IELTS 6,5 yoki TOEFL iBT 74 talab etiladi. Ingliz tili darajasini boshqa testlar orqali ham ko’rsatish mumkin. Batafsil bu yerda.
  • Nomzod SAT, ACT kabi testlarni ixtiyoriy ravishda topshirishi mumkin. Topshirmasa ham arizasiga salbiy ta’sir ko’rsatmaydi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun alohida ariza topshirilmaydi. Maryville universiteti bakalavr kursiga bu yerda ariza berish kifoya. Hujjat topshirish uchun so’nggi muhlat belgilanmagan. Ammo, o’zingiz o’qishni boshlashni rejalashtirgan vaqtdan kamida 3 oy avval ariza topshirish tavsiya etiladi.

Universitet bilan bog’lanish

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!