×

Mask Design Contest tibbiy niqob dizayni tanlovi: 5 nafar g’olibning har biriga 96 AQSh dollari va maxsus niqoblar beriladi!


Grant

MUHLAT

15.02.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

1343 marta

COVID-19 sababli bir necha oydan buyon dunyo bo’ylab barcha davlatlarda tibbiy niqoblardan foydalanilmoqda. Bir-biriga o’xshash ko’rinishdagi niqoblarni har kun taqishdan charchaganlar uchun bugun turli qiziqarli dizayndagi niqoblar ham mavjud. Ana shunday o’ziga xos, nafaqat himoya, balki moda uchun ham taqish mumkin bo’lgan niqob dizaynlari uchun Yaponiyaning MediBang kompaniyasining Mask Design Contest tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Tanlovga rasmiy ish joylariga taqish uchun mo’ljallanmagan, ammo har kunlik hayotda foydalanish mumkin bo’lgan qiziqarli niqob dizaynlarini jo’natish mumkin. 

Tanlovga topshiriladigan niqoblar ishtirokchilar uchun belgilangan andoza asosida tayyorlanishi kerak. Andozani PDF yoki MDP shaklida yuklab olish mumkin. Andozadan foydalanishda ushbu yo’riqnomadan foydalaning. Niqob dizaynlari MediBang kompaniyasining rasm chizish uchun mo’ljallangan MediBang Paint mobil ilovasida yoki istalgan boshqa dasturda chizilishi mumkin. 

Grant kimlar uchun?

Barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovda 5 nafar g’olib aniqlanib, har biriga 100 000 yen (96,76 AQSh dollari) pul mukofoti beriladi. Undan tashari, har bir g’olibga o’zi chizgan dizayn tushirilgan 5 ta, qolgan 4 nafar g’olib chizgan dizayn tushirilgan 4ta (har biri bittadan), jami 9 ta niqob sovg’a qilinadi.

Talablar:

  • Tanlovda barcha yosh, davlat va soha vakillari ishtirok etishlari mumkin. 
  • Bitta ishtirokchi cheklanmagan miqdorda dizayn topshirishi mumkin.
  • Tanlovga ilgari ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan suratlar tushirilgan niqoblarni ham jo’natish mumkin.
  • Niqob dizayni CYMK ranglarida, JPG yoki PSD formatida tayyorlanishi kerak. Agar PSD formatidagi andozadan foydalansangiz, dizaynni imkon qadar PNG formatida tayyorlang.
  • Dizayn hajmi 30 MBdan oshmasligi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Niqob dizayni bilan birga unga izohlar ham qo’shiladi. Niqob qanday gazlamadan tayyorlanishi, tasmalari qanday ranglarda bo’lishi mumkinligi (bir nechta muqobili bo’lsa, ular qaysilar), niqobga qanday yozuvlar tikilishi kerakligi haqida ma’lumot beriladi. Tanlovning rasmiy veb saytida bu haqida batafsil keltirilgan.

Tanlovda 2021-yil 15-fevralgacha ariza berish mumkin. Ariza topshirish jarayoni MediBang ilovasi yoki Art Street (MediBang) veb sayti orqali amalga oshirilishi mumkin. Veb sayt orqali ariza berish uchun Art Street, ya’ni, MediBang veb saytida bu yerda ro’yxatdan o’ting. Ro’yxatdan o’tib, profilingizga kirgach, niqob dizayni tanlovi sahifasida “enter” tugmasi paydo bo’ladi. Shu tugmani bosib, oldindan tayyorlangan dizaynni tizimga yuklang va tasdiqlang. 

MediBang Paint ilovasi foydalanuvchilari ilovada chizilgan suratni Mask Design Contest yozuvi ko’rsatilgan tugmani bosish orqali topshirishlari mumkin. 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!