×

OSCE akademiyasi: Inson huquqlari va barqarorlik yoʻnalishi boʻyicha magistraturada oʻqish uchun toʻliq grant!


Grant

MUHLAT

30.05.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Qirg'iziston

O'QILGAN

1088 marta

Qirgʻizistonda joylashgan OSCE akademiyasi “Inson huquqlari va barqarorlik” magistratura dasturini (MAHRS) taklif qiladi. Bu dasturga har yili 20-25 nafar talaba qabul qilinadi.

MAHRS dasturi xalqaro inson huquqlari qonunchiligi, yaxshi boshqaruv va barqarorlik tamoyillari, normalari va standartlarini Markaziy Osiyo mintaqasiga diqqatni qaratgan holda oʻrganishni maqsad qilgan yosh (boʻlajak) olimlar va mutaxassislar uchun moʻljallangan.

Hozirda 2023-yil 1-sentabrdan boshlanadigan oʻqish uchun arizalar qabul qilinmoqda. Bu magistrlik dasturi toʻliq ingliz tilida oʻqitiladi va 2 yil davom etadi.

Grant kimlar uchun?

Inson huquqlari va barqarorlik yoʻnalishi boʻyicha magistratura kursini oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Magistratura kurslariga qabul qiliinganlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Kontrakt pulida toʻliq ozod qilinadi.
  • Oyiga 450 yevro stipendiya beriladi (18 oy davomida).
  • Bishkekka borish va kelish uchun aviachipta xarajatlari qoplanadi (ekonom klass).
  • Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
  • Oʻzlashtirish darajasi eng yaxshi boʻlgan talabalar Yevropada moliyalashtiriladigan amaliyot imkoniyatlariga ega boʻladi.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagilardan iborat:

  • Ijtimoiy fanlar, gumanitar fanlar, iqtiisod, huquqshunoslik, til, sotsiologiya, xalaqaro munosabatlar, siyosatshunoslik, adabiyot yoki shular bilan bir xil sohada bakalavrlik darajasiga (bakalavrlik diplomiga) ega boʻlishi kerak. Oxirgi kursda oʻqiyotgan bakalavrlar ham ariza topshirishi mumkin – bunday hollarda nomzod bakalavrlik darajasini olish sanasi koʻrsatilgan universitetdan olingan maʼlumotnoma va bakalavriatda olgan baholarini topshirishi kerak boʻladi.
  • Ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  • Nomzod Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afgʻoniston yoki Moʻgʻuliston yoxud OSCE tashkilotiga aʼzo boshqa biror davlat fuqarosi boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2023-yil 30-maygacha onlayn tarzda qabul qilinadi. Arizani BU YERDA toʻldirish va topshirish mumkin.

Ariza topshirish bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtganlar test va suhbatga taklif qilinadi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan avval rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan quyidagi email manziliga murojaat qilishingiz mumkin: MAHRS@osce-academy.net

 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!