×

Buyuk Britaniya: bakalavr bosqichi uchun 10000 funt sterlinggacha grant


Grant

MUHLAT

31.03.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2960 marta

Shotlandiyada joylashgan Edinburg Unversiteti dunyo va Shotlandiyaning eng qadimiy universitetlaridan biri hisoblanadi. Shu universitetning Matematika bo’yicha bakalavr kurslari uchun mo’ljallangan Edinburgh Global Undergraduate Scholarships grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar oliygohga Yevropa Ittifoqi hududiga kirmaydigan davlatlardan  qabul qilingan eng iqtidorli talabalarni rag’batlantirish maqsadida beriladi. Universitet matematika fakultetida matematika yo’nalishida quyidagi yo’nalishlardagi kurslarga grant yutish mumkin:

  • BSc Mathematics
    BSc Applied Mathematics
  • BSc Mathematics & Statistics
  • BSc Applied Mathematics
  • MMath Applied Mathematics
  • BSc Mathematics
  • MMath Mathematics
  • BSc Mathematics & Statistics
  • BSc Mathematics with Management
  • BSc Mathematics & Physics.
  • Edinburg universiteti va boshqa universitetlar hamkorligida o’qitiladigan qo’shma dastular ushbu grant dasturida ishtirok etmaydi. kurslar haqida batafsil

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Edinburg Universiteti xalqaro grant dasturi doirasida grant yutib olgan talabaga yiliga 1000, 5000 yoki 10000 funt sterling miqdorida grant beriladi. Grant bakalavr kursi tugaguncha har yili berilishi uchun nomzod o’zini namunali tutishi va a’lo baholarga o’qishi kerak bo’ladi.

Buyuk Britaniyada yashash xarajatlari haqida

Kontrakt to’lovi miqdorlari haqida

Talablar:

Grantlar quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:

  1. Nomzod Yevropa Ittifoqi tarkibiga kirmaydigan davlat fuqarosi bo’lishi kerak.
  2. Nomzod Edunburg universiteti tomonidan o’qitiladigan bakalavr kursiga o’qishga hujjat topshirgan bo’lishi kerak.
  3. Hozirda bakalavr kursida o’qiyotgan nomzodlarga grant berilmaydi, bu grant faqat yangi talabalar uchun ajratilgan.
  4. Sirtqi yoki masofadan turib o’qitiladigan kurslar talabalariga grant berilmaydi.
  5. Grantlar eng yuqori natijalarga ega nomzodlarga beriladi.

Bakalavr kurslariga talablar

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga hujjat topshirishdan oldin bakalavr kursining o’ziga o’qishga hujjat topshirish kerak, lekin grantga ariza berish uchun natijalarni kutish shart emas.

Grantga ariza berish uchun onlayn ariza to’ldirib, 2019-yil 31-martdan kechiktirmay  apply@maths.ed.ac.uk elektron manziliga jo’natish kerak. Natijalar aprel oyida e’lon qilinadi.

Bakalavr kursiga arizalar esa bu yerda 2019-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

Hujjat topshirish jarayoni haqida

Kurs uchun shaxsiy bayonot yozish haqida

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!