×

Matematika, fizika va aniq fanlar bo’yicha Italiyada doktorantura dasturi!


Grant

MUHLAT

31.03.2015

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Italiya

O'QILGAN

2991 marta

Italiyaning Triest shahrida joylashgan Oliy Darajadgi O’qishlar Xalqaro Maktabi xalqaro talabalardan fizika, matematika va boshqa aniq fanlar bo’yicha 2015-2016-o’quv yili uchun doktoranturaga arizalar qabul qiladi. Dastur quyidagi sohalarni qamrab oladi:

  • Fizika;
  • Geometriya va matematik fizika;
  • Matematik tahlil, modellashtirish va tatbiq qilish;
  • Astrofizika;
  • Kimyo;
  • Nazariy fizika;
  • Nevro-biologiya;
  • Kognitiv nevrologiya;

Doktorantura dasturi 3 yil davom etadi, 4-yilga ham cho’zilishi mumkin.

Grant kimlar uchun?

Magistraturani tugatganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Ta’lim xarajatlari;
  • Tibbiy sug’urta;
  • Yashash xarajatlari;
  • Safar xarajatlari qoplanadi.

Dasturning 4-yili uchun grant 3-yilning oxirida belgilanadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza onlayn tarzda SHU YERDA to’ldiriladi. Ariza to’ldirish uchun avval ro’yxatdan o’tishingiz kerak. Arizaga quyidagi hujjatlar «pdf» shaklida ilova qilinishi lozim:

  • Rezyume;
  • Universitet diplomining baholar varaqasi (ingliz, fransuz, nemis, italyan yoki ispan tillaridan biriga tarjima qilinishi lozim);
  • Diplom (yuqoridagi tilllardan biriga qilingan tarjimasi bilan);
  • Agar bo’lsa, diplom ishining nusxasi.

Qo’shimcha ma’lumot yoki savollar uchun phd@sissa.it manziliga bog’laning.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!