×

Matematikadan onlayn musobaqa – mukofot jamg’armasi 500 AQSh dollari


Grant

MUHLAT

30.09.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

8693 marta

Matematikani yaxshi bilasizmi? Unda sizda hech qanday xarajat qilmasdan, hech qayerga bormasdan turib, o’rningizda qulay joylashgan holda internet orqali ajoyib xalqaro matematika musobaqasida ishtirok etib do’stlar orttirish, nom qozonish va pul mukofotlari va sertifikatlar bilan taqdirlanish imkoniyati mavjud. International Youth Math Challenge bir nechta bosqichda o’tkaziladigan onlayn musobaqa bo’lib, unda 18 yoshdan katta yoki kichik yoshlar ishtirok etishlari mumkin. Musobaqadan maqsad qobiliyatli yoshlarni kashf qilish va taqdirlash.

Grant kimlar uchun?

Matematikaga qiziquvchi o’quvchi va talabalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Qatnashchilarning barchasi sertifikatlar bilan taqdirlanadi. G’oliblarga esa pul mukofoti beriladi. Mukofotning umumiy zahirasi 500 AQSh dollarini tashkil etadi va birinchi o’rin sohibiga 200 AQSh dollari, ikkinchi o’rinni olgan qatnashiga 150 AQSh dollari va uchinchi o’rinni olgan qatnashchiga 100 AQSh dollari beriladi. G’oliblarga maxsus sertifikatlar ham topshiriladi.

Undan tashqari, har bir hududdan ham eng kuchli qatnashchi nomi e’lon qilinib, ularga maxsus tashakkurnomalar taqdim etiladi.

Talablar:

Qatnashchilar maktab, kollej, litsey yoki OTMning bakalavr bosqichi talabalari bo’lishlari kerak. Qatnashich uchun boshqa cheklovlar yo’q.

Dasturga qabul jarayoni:

Birinchi saralash bosqichida qatnashchilarga 5 dona matematik masala beriladi va keyingi bosqichga o’tish uchun qatnashchi ulardan kamida uchtasini (18 yoshdan kichiklar uchun) yoki to’rttasini (18 yoshdan kattalar uchun) to’g’ri ishlashi zarur. Hozir musobaqaning ilk saralash bosqichi uchun ishtirokchilardan masalalarning yechimlari qabul qilinmoqda. Birinchi bosqich savollarini bu yerdan topishingiz mumkin. Savollarga javobni 2018-yil 30-sentabrdan kechiktirmay yo’llagan va kamida 3-4 ta savolga to’g’ri yechim topgan qatnashchilar keyingi saralash bosqichiga yo’l oladilar. O’z javoblaringizni savollar joylangan vebsayt orqali taqdim etishingiz kerak, ro’yxatdan o’tish va javoblarni yuklash uchun sahifaning tagrog’iga tushish kerak.

Keyingi bosqich uchun birinchi bosqichdan muvaffaqqiyatli o’tgan barcha nomzodlar oktabr oyida ro’yxatdan o’tishlari kerak bo’ladi. Bu bosqichda qatnashchilarga 15 ta masalani ishlash uchun 1 hafta vaqt beriladi. Bu bosqichda qatnashish uchun 5 AQSh dollari miqdoridagi to’lovni amalga oshirish zarur.

Final bosqichida qatnashchilar o’qituvchi yoki boshqa ishonchli nazoratchi nazorati ostida 60 daqiqalik imtihonga kirishadi.

O’qituvchilar va ta’lim muassasalari diqqatiga!

International Youth Mat Challenge o’quvchilaringiz uchun o’zlarini ko’rsatish uchun ajoyib imkoniyatdir. Tanlovda eng ko’p o’quvchisi qatnashgan muassasa, eng ko’p o’quvchisi so’nggi bosqichga chiqqan muassasa va eng ko’p o’quvchisi g’olib bo’lgan muassasalar uchun maxsus nominatsiyalar bor. Tanlov haqida o’z muassasangizdagi yoshlarga yetkazishingiz va ularga o’zlarini sinab ko’rishlari uchun yordam berishingiz tavsiya qilinadi. Quyida tanlov haqida o’quvchilarga yetkazishda asqotadigan flayer va boshqa materiallarni yuklab olishingiz mumkin:

  IYMC Logo Blue [PNG]
IYMC Logo Black [PNG]

IYMC Paperhead [PDF]
Full Information Flyer [PDF]
Timetable and Deadlines [PDF]
Awards and Prizes [PDF]
Teacher Information Flyer [PDF]
Registration Costs Flyer [PDF]
IYMC Poster Colorful
IYMC Poster Plain

Eslatmalar

  • Javoblar kompyuterda yozilishi tavsiya etiladi, lekin qo’lyozmalarni ham topshirish mumkin. Bunda yechim yozilgan qog’oz o’ta tiniq tushirilgan rasm taqdim etilishi zarur.
  • Javoblar bir nechta sahifadan iborat bo’lsa, ularning ketma-ketligi aralashib ketmasligi uchun ImgToPdfyoki online2pdf xizmati orqali ularni bitta rasmga aylantirish kerak.
  • Javoblaringiz yetib borganligini bu yerdan tekshirishingiz mumkin.
  • Birinchi bosqich natijalari 2018-yil 8-oktabrda e’lon qilinadi.
  • Musobaqa uchun rasmiy flayerni bu yerdan oling.
  • Eng muhim savollar va ularga berilgan javoblar bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin. Ular sahifaning tagrog’ida joylashgan.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!