×

Matematikadan Onlayn musobaqa: Mukofot jamgʻarmasi 700 AQSh dollari!


Grant

MUHLAT

29.09.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

3598 marta

International Youth Math Challenge 2019-yilgi musobaqa uchun arizalar qabul qilmoqda. IYMC bir nechta bosqichda oʻtkaziladigan onlayn musobaqa boʻlib, unda 18 yoshdan katta yoki kichik yoshlar ishtirok etishlari mumkin. Musobaqadan maqsad qobiliyatli yoshlarni kashf qilish va taqdirlash.

Grant kimlar uchun?

Matematikaga qiziquvchi oʻquvchi va talabalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Qatnashchilarning barchasi sertifikatlar bilan taqdirlanadi. Gʻoliblarga esa pul mukofoti beriladi. Mukofotning umumiy zahirasi 700 USDni tashkil etadi. 1-oʻringa 200 USD, 2-oʻringa 150 USD va 3-oʻringa 100 USD beriladi.

Undan tashqari, har bir hududdan ham eng kuchli qatnashchi nomi e’lon qilinib, ularga maxsus tashakkurnomalar taqdim etiladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlardan nomzodlar ishtirok eta oladilar.
  2. Qatnashchilar maktab, kollej, litsey yoki OTMning bakalavr bosqichi talabalari boʻlishlari kerak. Qatnashich uchun boshqa cheklovlar yoʻq.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2019-yil 29-sentabrgacha qabul qilinadi. Tanlovda ishtirok etish uchun onlayn ariza topshirish kerak boʻladi.

Birinchi saralash bosqichida qatnashchilarga 5 dona matematik masala beriladi va keyingi bosqichga oʻtish uchun qatnashchi ulardan kamida uchtasini (18 yoshdan kichiklar uchun) yoki toʻrttasini (18 yoshdan kattalar uchun) toʻgʻri ishlashi zarur. Hozir musobaqaning ilk saralash bosqichi uchun ishtirokchilardan masalalarning yechimlari qabul qilinmoqda. Birinchi bosqich savollarini shu yerdan topishingiz mumkin. Savollarga javobni joʻnating va kamida 3-4 ta savolga toʻgʻri yechim topgan qatnashchilar keyingi saralash bosqichiga yoʻl oladilar. Oʻz javoblaringizni savollar joylangan vebsayt orqali taqdim etishingiz kerak, roʻyxatdan oʻtish va javoblarni yuklash uchun sahifaning tagrogʻiga tushish kerak.

Keyingi bosqich uchun birinchi bosqichdan muvaffaqqiyatli oʻtgan barcha nomzodlar oktabr oyida roʻyxatdan oʻtishlari kerak boʻladi. Bu bosqichda qatnashchilarga 10 ta masalani ishlash uchun 1 hafta vaqt beriladi. Bu bosqichda qatnashish uchun 8 AQSh dollari miqdoridagi toʻlovni amalga oshirish zarur.

Final bosqichida qatnashchilar oʻqituvchi yoki boshqa ishonchli nazoratchi nazorati ostida 60 daqiqalik imtihonga kirishadi.

Oʻqituvchilar va ta’lim muassasalari diqqatiga!

International Youth Mat Challenge oʻquvchilaringiz uchun oʻzlarini koʻrsatish uchun ajoyib imkoniyatdir. Tanlovda eng koʻp oʻquvchisi qatnashgan muassasa, eng koʻp oʻquvchisi soʻnggi bosqichga chiqqan muassasa va eng koʻp oʻquvchisi gʻolib boʻlgan muassasalar uchun maxsus nominatsiyalar bor. Tanlov haqida oʻz muassasangizdagi yoshlarga yetkazishingiz va ularga oʻzlarini sinab koʻrishlari uchun yordam berishingiz tavsiya qilinadi. Quyida tanlov haqida oʻquvchilarga yetkazishda asqotadigan flayer va boshqa materiallarni yuklab olishingiz mumkin:

Eslatmalar

  • Javoblar kompyuterda yozilishi tavsiya etiladi, lekin qoʻlyozmalarni ham topshirish mumkin. Bunda yechim yozilgan qogʻoz oʻta tiniq tushirilgan rasm taqdim etilishi zarur.
  • Javoblar bir nechta sahifadan iborat boʻlsa, ularning ketma-ketligi aralashib ketmasligi uchun ImgToPdf yoki  online2pdf xizmati orqali ularni bitta rasmga aylantirish kerak.
  • Javoblaringiz yetib borganligini shu yerdan tekshirishingiz mumkin.
  • Musobaqa uchun rasmiy flayerni shu yerdan oling.
  • Eng muhim savollar va ularga berilgan javoblar bilan shu yerda tanishib chiqishingiz mumkin. Ular sahifaning oxirda joylashgan.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!