×

Max3Min tanlovi: qisqa metrajli film bilan ishtirok etib, 3 000 yevro egasiga aylaning!


Grant

MUHLAT

14.01.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

1945 marta

Qisqa metrajli filmlar uchun Max3Min tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Tanlovga davomiyligi 3 daqiqadan oshmagan filmlar qabul qilinadi. Filmlar barcha janrlarda va tillarda bo’lishi mumkin. Tanlovning maqsadi qayta-qayta ko’rilsa ham yoqimli bo’ladigan, qisqa bo’lishiga qaramasdan o’zida katta mazmun aks ettira olgan filmlarni taqdirlash. Tanlovda ishtirok etish orqali ijodkorlar o’z mahoratlarini yana-da oshirishlari, tomoshabinlarga o’z g’oyalarini yetkazishlari va faoliyatlarini rivojlantirish uchun potensial hamkorlar bilan tanishishlari mumkin.

Grant kimlar uchun?

Professional va havaskor rejissorlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov g’olibiga film yaratish xarajatlari uchun 3 000 yevro pul mukofoti beriladi.

Talablar:

Tanlov qoidalari:

  • Tanlovda istalgan millat vakillari ishtirok etishlari mumkin.
  • Ishtirokchilar uchun yosh chegarasi mavjud emas.
  • Tanlovga istalgan yo’nalish, mavzu va janrdagi, istalgan qurilma orqali tushirilgan qisqa metrajli filmlar qabul qilinadi. 
  • Taqdim etilgan film davomiyligi film nomini hisobga olmaganda 3 daqiqadan oshmasligi kerak.
  • Tanlovga taqdim etilgan filmlar istalgan tilda bo’lishi mumkin, ammo ingliz tilida bo’lmagan filmlar uchun inglizcha subtitrlar qo’shilishi zarur. 
  • Bir ishtirokchi 3 tagacha qisqa metrajli film bilan ishtirok etishi mumkin.
  • Tanlovga topshirilgan filmlar muallifga tegishli bo’lishi zarur. 

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga arizalar 2021-yil 14-yanvargacha qabul qilinadi. Ishtirok etish uchun bu yerda ro’yxatdan o’tishingiz kerak. Hujjat topshirish uchun to’lov talab qilinmaydi. Filmlar MP4, MOV, WMV, AVI, yoki FLV formatida bo’lishi kerak.

Murojaat uchun: info@max3min.com

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!