×

MBA Social Enterprise Scholarship: Shotlandiyada MBA darajasini olish uchun 10 000 funt-sterling grant!


Grant

MUHLAT

30.04.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1387 marta

Shotlandiyaning Sterling shahrida joylashgan University of Stirling 2019-2020-oʻquv yili uchun MBA Social Enterprise Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetning magistratura yoki aspirantura kursida oʻqishni istagan eng iqtidorli chet ellik talabgorlarni ragʻbatlantirish maqsadida beriladi. Nomzod kamida 5 yil ijtimoiy sohada tajribaga ega, yuqori malakali mutaxassis boʻlishi kerak.

Grant kimlar uchun?

MBA dasturida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga kontrakt pulini qisman toʻlashga 10 000 funt-sterling stipendiya beriladi. Dastur grant yutib olgan nomzodning boshqa xarajatlarini qoplamaydi.

University of Stirlingning MBA yoʻnalishlarida oʻqish 2019-2020-oʻquv yili uchun 20 000 funt-sterlingni tashkil etadi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  • Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish zarurligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. Odatda IELTS kamida 6.5 boʻlishi talab qilinadi. Batafsil maʻlumotni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan olishingiz mumkin.
  • University of Stirlingning 2019-yil sentyabrda boshlanadigan MBA yoʻnalishidan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi/kirishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetda oʻqitiladigan MBA kurslarda oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi oʻzi tanlagan kursga ham, grantga ham ariza berishi kerak. Buning uchun birinchi oʻqishga kirish uchun ariza bilan hujjat topshirish kerak.

Masalan, Master of Business Administration (MBA) mutaxassisligiga hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

  • Master of Business Administration (MBA)sahifasidan “Overview” boʻlimida kurs haqida maʼlumot berilgan. Toʻliq oʻqib chiqamiz.
  • “Entry requirements” boʻlimini tanlaymiz. U yerda har xil davlatlar uchun oʻqishga kirish talablari koʻrsatilgan.
  • Berilgan roʻyxatdan “Uzbekistan”ni koʻrsatamiz.
  • Qoʻshimcha hujjatlar roʻyxatini admissions@stir.ac.uk manzili yoki +44 (0) 1786 466655 raqamiga bogʻlanib aniqlaymiz (zarur boʻlganda).
  • Agar ingliz tili koʻrsatilgan talabga javob bermasa pre-sessional English language coursesda oʻqib, bilimlarni kengaytirish mumkin.
  • “Apply now”yozuvini bosib, ariza toʻldiramiz.

Undan soʻng grant arizasini toʻldirish kerak. Arizada quyidagi maʼlumotlar yozilishi kerak:

  • Grant maʼlumotlari. Roʻyxatdan “MBA Social Enterprise Scholarship”ni tanlash kerak.
  • Shaxsiy maʼlumotlar.
  • Diplom va mutaxassislik haqidagi maʼlumotlar.
  • Yutuqlar, mukofotlar boʻlsa, ular haqida yoziladi.
  • Maqsadlar haqida 700 ta soʻzgacha hajmda esse yozish kerak.
  • Oʻqish uchun kontrakt pulini qayerdan olish haqidagi boʻlimni toʻldirish kerak.
  • MBA Social Enterprise Scholarship” haqida qayerdan maʼlumot olganligingiz haqida qisqacha yozib beriladi.
  • Barcha maʼlumotlarni nomzod tomonidan toʻldirilganligi haqida Deklaratsiyani tasdiqlash kerak.

Hamma boʻlimlarni toʻldirgandan keyin arizaga imzo qoʻyib, 2019-yil 30-aprelgacha MBAScholarships@stir.ac.uk elektron pochtasiga joʻnatish zarur.

Kerakli hujjatlar (umumiy):

  • Diplom va diplom ilovasi nusxasi.
  • Sertifikatlar.
  • Ingliz tili testi (IELTS 6.5 yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati.
  • Boshqa sertifikatlar. Masalan, GRE/GMAT/ACT kabilar soʻralishi mumkin. Qoʻshimcha hujjatlarni tanlagan kursingiz sahifasidan aniqlang.
  • Pasport nusxasi.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma soʻralishi mumkin.
  • Viza haqida maʼlumot talab qilinishi mumkin.

Qaysi kursga hujjat topshirayotganligingizga qarab boshqa hujjatlar ham soʻraladi. Shuning uchun oʻzingiz tanlagan kurs maʻlumotlarini puxta oʻrganib chiqing.

Nomzodlar grantga ish tajribasi, ijtimoiy sohada erishgan yutuqlari, ishlab chiqarishdagi tajribasi, iqtisodiy sektorda amalga oshirgan ishlari, akademik yutuqlari, potensiali va xayriya tashkilotlaridagi ijtimoiy faolliklari asosida saralanadilar.

Grant dasturi uchun 2019-yil 30-aprelgacha ariza berish mumkin. Natijalar dedlayn muddatidan keyin iloji boricha tez fursatda elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun MBAScholarships@stir.ac.uk elektron manzili orqali dastur tashkilotchilariga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!