×

MBS International Student Study Award: Avstraliyada o’qish uchun 10 902 AQSh dollarigacha grant


Grant

MUHLAT

30.11.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1118 marta

Avstraliyada joylashgan Massey universiteti Business School fakulteti tomonidan beriladigan MBS International Student Study Award grantlariga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar universitet biznes fakultetida o’qitiladigan bakalavr va keyingi bosqich kurslarida o’qish istagidagi xorijlik talabalarga beriladi. Massey Business School haqida batafsil

Grant kimlar uchun?

Bakalavr, magistratura va doktorantura kurslarida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan talabalarga bakalavr kurslari uchun 15 000 (10 902 AQSh dollari) Avstraliya dollarigacha, keyingi bosqich kurslari uchun esa 10 000 Avstraliya dollarigacha (7 268 AQSh dollari) grant ajratiladi. Bunda talaba olishi rejalashtirilgan har 120 kredit uchun 5 000 Avstraliya dollari (3 634 AQSh dollari) belgilanadi va grantning miqdori yuqorida ko’rsatilgandan oshmaydi. Kontrakt to’lovi qancha?

Talablar:

  • Nomzod Massey universiteti Manawatu yoki  Wellington kampusidagi School of Business bakalavr yoki keyingi bosqich kurslaridan biriga hujjat topshirishi va o’qishga kontraktga kirishi kerak.
  • Nomzod bakalavr kursiga kirish uchun maktab (litsey, kollej) diplomiga, magistratura uchun bakalavr diplomiga, doktorantura uchun magistratura diplomiga ega bo’lishi kerak.
  • Nomzodning baholari yuqori bo’lishi, turli yutuqlarga erishgan ijtimoiy va akademik jihatdan faol shaxs bo’lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Til bilish darajasiga talablar
  • Masofaviy yoki onlayn ta’lim shakllari uchun grant ajratilmaydi. Grant yutib olish niyatidagi nomzodlar universitet kampusida o’qishlari talab etiladi.

Dasturga qabul jarayoni:

1-qadam. Massey universitetida o’qitiladigan bakalavr, magistratura yoki doktorantura kurslaridan biriga hujjat topshiring. Imkon qadar erta hujjat topshirish va grantga ariza bergunga qadar natijalarni qabul qilib olish maqsadga muvofiq bo’ladi. Kurslargahujjat topshirish jarayoni bu yerda batafsil ko’rsatilgan.

2-qadam. Grantga ariza to’ldiring va 2020-yil 30-noyabrgacha International@massey.ac.nz elektron manziliga yuboring. Ma’lumot uchun contact@massey.ac.nz elektron manziliga murojaat qiling. 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!