Abu Dabidagi Mohamed bin Zayed University of Artificial Intelligence (MBZUAI) oliy taʼlim muassasasi sun’iy intellekt sohasida ilgʻor bilim va koʻnikmalarni egallashga moʻljallangan bir qator magistratura va PhD dasturlarini taklif etadi. Universitetga oldingi bosiqch(lar)da S.T.E.M (Science, Technology, Engineering, Mathematics) yoʻnalishi boʻyicha tahsil olgan nomzodlar ariza berishlari mumkin.
Universitetda mavjud magistratura dasturlari bilan BU YERDA, PhD dasturlari bilan esa BU YERDA tanishish mumkin.
Bu universitetga qabul qilingan deyarli barcha talabaga avtomatik tazda toʻliq grant beriladi. Faqat “Master in Applied Artificial Intelligence” dasturi uchun grant ajratilmaydi.
Grant kimlar uchun?
Magistratura yoki PhD bosqichida oʻqishni xohlovchiar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Ushbu universitetga uzluksiz taʼlim (full-time) asosida qabul qilingan barcha talabaga toʻliq grant taqdim etiladi. Grant quyidagi imtiyozlarni oʻz ichiga oladi:
- Oʻqish toʻlovidan 100 foiz ozod qilinadi.
- Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
- Yashash xarajatlari, jumladan, turar joy xarajatlarini qoplash uchun oylik stipendiya ajratiladi.
- Viza olishda koʻmak beriladi.
Eslatma: grantning davomiyligini (keyingi yillarda ham berlishini) ta’minlash uchun stipendiat grant shartlarini bajarishi va oʻqish davomida yuqori akademik koʻrsatkichlarni saqlashi lozim.
Moddiy imtiyozlar moqdorlari bilan BU YERDA batafsil tanishing.
MUHIM: Yuqoridagi grant “Master in Applied Artificial Intelligence” dasturiga taalluqli emas (undan boshqa barcha magistratura PhD dasturlariga taalluqli).
Talablar:
Nomzodlar uchun qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
- Magistraturaga topshirish uchun bakalavrlik, PhD bosqichiga topshirish uchun bakalavrlik va/yoki magistrlik diplomiga ega boʻlish hamda bu diplom(lar) kompyuter fanlari (informatika), elektrotexnika, kompyuter injeneringi, matematika, fizika kabi S.T.E.M sohalarida yoki boshqa tegishli fan va muhandislik sohasida olingan boʻlishi kerak. Oxirgi bosqich talabalari ham faqat hozirga qadar olingan baholarini taqdim qilish orqali ariza topshirishi mumkin.
- Magistratura uchun nomzodning bakalavriatdagi baholari oʻrtachasi (GPA) 4 lik tizimda kamida 3.0-3.5 ball boʻlishi kerak (dasturga qarab farq qiladi); PhD uchun faqat bakalavrlik diplomi bilan topshiruvchilarda baholar oʻrtachasi 4 lik tizimda kamida 3,5 ball boʻlishi kerak, bakalavrlik va magistrlik diplomi bilan topshiruvchilarda baholar oʻrtachasi 4 lik tizimda kamida 3,2 ball boʻlishi kerak (agar har ikkala diplom ham yuqorida aytilgan sohalardan biri boʻyicha boʻlsa). 100 lik tizimdagi baholar ham 4 lik tizimga mos ravishda hisoblanadi. Masalan, 4 lik tizimda 3,2 ball degani – 100 lik tizimda 80 ballga teng.
- Nomzod ingliz tilini yetarli darajada bilish kerak. Kamida IELTS 6.5 talab etiladi.
- Nomzod oʻzida kuchli iqtidor, yuqori potensial va sohaga boʻlgan kuchli qiziqish namoyon etishi zarur.
- Nomzod oliygohda oʻqish va tadqiqot olib borish uchun yetarli bilim, tajriba, imliy salohiyatga ega boʻlishi kerak.
- GRE sertifikatini topshirish majburiy emas, lekin boʻlsa va u topshirilsa, qabul jarayoniga ijobiy taʼsir qiladi.
Dasturga qabul jarayoni:
Oliygohga qabul jarayoni quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
- Oliygohga hujjatlar onlayn ariza tizimi orqali topshiriladi.
- Saralash bosqichidan oʻtgan nomzodlardan matematika, mashinaviy oʻrganish, dasturlash va asosiy kompyuter fanlari mavzulari boʻyicha kirish imtihonlari olinadi (onlayn).
- Imtihondan oʻtgan nomzodlar intervyuga taklif qilinadi.
2026-yil kuzidan boshlanadigan kurslar uchun arizalar 2025-yil 15-dekabrgacha qabul qilinadi. Qabul muddatlari haqidagi aniq maʼlumot bilan BU YERDA tanishing.
Qanday hujjatlar talab etilishi va ariza topshirish jarayoni haqida batafsil: bu yerda batafsil tanishing.
MUHIM: Dasturga hujjat topshirishga kirishishdan avval grant beruvchining rasmiy saytidagi ma’lumotlar bilan batafsil tanishib chiqing.
Qabul boʻyicha batafsil maʼlumot:




