×

MBZUAI: BAAda magistratura va PhD bosqichi uchun toʻliq grant, oylik stipendiya va bepul turar joy!


Grant

MUHLAT

31.03.2025

QOLGAN VAQT

169 kun

HUDUD

Birlashgan Arab Amirliklari

O'QILGAN

28646 marta

Abu Dabidagi Mohamed bin Zayed University of Artificial Intelligence (MBZUAI) oliy taʼlim muassasasi sun’iy intellekt sohasida ilgʻor bilim va koʻnikmalarni egallashga moʻljallangan bir qator magistratura va PhD dasturlarini taklif etadi. Universitetga oldingi bosiqch(lar)da S.T.E.M (Science, Technology, Engineering, Mathematics) yoʻnalishi boʻyicha tahsil olgan nomzodlar ariza berishlari mumkin.

Universitetda quyidagi magistratura va PhD dasturlari mavjud:

  • MSc in Computer Vision
  • MSc in Machine Learning
  • MSc in Natural Language Processing
  • MSc in Robotics
  • MSc in Computer Sciences
  • PhD in Computer Vision
  • PhD in Machine Learning
  • PhD in Natural Language Processing
  • PhD in Robotics
  • PhD in Computer Sciences

Bu universitetga qabul qilingan barcha talabaga avtomatik tazda toʻliq grant beriladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura yoki PhD bosqichida oʻqishni xohlovchiar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Uushbu universitetga uzluksiz taʼlim (full-time) asosida qabul qilingan barcha talabaga toʻliq grant taqdim etiladi. Grant quyidagi imtiyozlarni oʻz ichiga oladi:

  • Oʻqish toʻlovidan 100 foiz ozod qilinadi.
  • Bepul turar joy bilan ta’minlanadi.
  • Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
  • Yashash xarajatlari uchun oylik stipendiya ajratiladi.
  • Viza xarajatlari qoplanadi.

Eslatma: grantning davomiyligini (keyingi yillarda ham berlishini) ta’minlash uchun stipendiat grant shartlarini bajarishi va oʻqish davomida yuqori akademik koʻrsatkichlarni saqlashi lozim.

Moddiy imtiyozlar moqdorlari bilan BU YERDA batafsil tanishing.

Talablar:

Nomzodlar uchun qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  2. Magistraturaga topshirish uchun bakalavrlik, PhD bosqichiga topshirish uchun bakalavrlik va magistrlik diplomiga ega boʻlish hamda bu diplom(lar) kompyuter fanlari (informatika), elektrotexnika, kompyuter injeneringi, matematika, fizika kabi S.T.E.M sohalarida yoki boshqa tegishli fan va muhandislik sohasida olingan boʻlishi kerak. Faqat bakalavrlik diplomiga ega nomzodlar GRE sertifikatiga ham ega boʻlsa, PhD bosqichiga ariza topshirishi mumkin.
  3. Magistratura uchun nomzodning bakalavriatdagi baholari oʻrtachasi (GPA) 4 lik tizimda kamida 3,2 ball boʻlishi kerak; PhD uchun faqat bakalavrlik diplomi bilan topshiruvchilarda baholar oʻrtachasi 4 lik tizimda kamida 3,5 ball boʻlishi kerak, bakalavrlik va magistrlik diplomi bilan topshiruvchilarda baholar oʻrtachasi 4 lik tizimda kamida 3,2 ball boʻlishi kerak (agar har ikkala diplom ham yuqorida aytilgan sohalardan biri boʻyicha boʻlsa). 100 lik tizimdagi baholar ham 4 lik tizimga mos ravishda hisoblanadi. Masalan, 4 lik tizimda 3,2 ball degani – 100 lik tizimda 80 ballga teng.
  4. Nomzod ingliz tilini yetarli darajada bilish kerak. Kamida IELTS 6.5 talab etiladi.
  5. Faqat bakalavrlik diplomi bilan PhD bosqichiga topshiruvchilar GRE sertifikat topshirishi majburiydir (kamida Verbal Reasoning – 150, Quantitative Reasoning – 150, Analytical Writing – 3.0), qolgan hollarda GRE sertifikatini topshirish ixtiyoriy.
  6. Nomzod oʻzida kuchli iqtidor, yuqori potensial va sohaga boʻlgan kuchli qiziqish namoyon etishi zarur.
  7. Nomzod oliygohda oʻqish va tadqiqot olib borish uchun yetarli bilim, tajriba, imliy salohiyatga ega boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Oliygohga qabul jarayoni quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  1. Oliygohga hujjatlar onlayn ariza tizimi orqali topshiriladi (bu yerda qoʻllanma bilan tanishing).
  2. Saralash bosqichidan oʻtgan nomzodlardan Math, Machine Learning va Programming boʻyicha kirish imtihonlari olinadi (onlayn).
  3. Imtihondan oʻtgan nomzodlar oʻqishga qabul qilinadi va oʻqish boshlanishidan oldin onlayn axborot seansiga taklif qilinadi..

2025-yil kuzidan boshlanadigan kurslar uchun arizalar 2024-yil 1-oktabr yoki 2025-yil 20-yanvardan  2024-yil 31-martgacha qabul qilinadi. Qabul muddatlari haqidagi aniq maʼlumot bilan BU YERDA tanishing.

Hujjat topshirish jarayoni haqida batafsil: bu yerda.

Kerakli hujjatlar (umumiy):

  1. Onlayn ariza. Onlayn arizani toʻldirish qoʻllanmasini BU YERDAN topasiz.
  2. Barcha bosqichlar diplomlari.
  3. Baholardan koʻchirma.
  4. Til bilish sertifikati (kamida IELTS 6.5/TOEFL iBT 90 ball).
  5. GRE sertifikati. Bu hujjatni topshirish faqat bakalavrlik diplomi bilan PhD bosqichiga topshiruvchilar uchun majburiy, qolgan hollarda ixtiyoriy.
  6. Shaxsiy bayonot (Statement of Purpose – 800 soʻz atrofida, nomzodning tadqiqot maqsadlari, erishgan yutuqlari, akademik koʻrsatkichlari jamlangan boʻlishi kerak).
  7. Tadqiqot rejasi (PhD uchun).
  8. CV.
  9. Passport nusxasi.
  10. Rasm (oq fonda).

Ingliz tilida boʻlmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan yuborilishi zarur.

MUHIM: Dasturga hujjat topshirishga kirishishdan avval grant beruvchining rasmiy saytidagi ma’lumotlar bilan batafsil tanishib chiqing.

Qabul boʻyicha batafsil maʼlumot:

Bogʻlanish uchun:

Tel. +971 2 811 3331
E-mail: admission@mbzuai.ac.ae

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!