×

McCall MacBain Scholarships: Kanadada magistratura yoki 2-marta bakalavriat darajasini oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya!


Grant

MUHLAT

21.08.2024

QOLGAN VAQT

115 kun

HUDUD

Kanada

O'QILGAN

22258 marta

McCall MacBain Scholarships – bu Kanadada joylashgan McGill universitetining muayyan magistrlik dasturlari va 2-kasbiy bakalavriat dasturlarida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beruvchi stipendiya dasturidir.

Toʻliq grantni qoʻlga kirita olmagan, lekin saralash jarayonining muayyan bosqichigacha yetib borgan nomzodlar uchun ham muayyan summadagi grantlar ajratiladi.

Bu dastur doirasida, 2025-yilning yozgi va kuzgi semestrida oʻqishni boshlash uchun xalqaro talabalarga 10 ta toʻliq grant va 40 ta qisman grant oʻrinlari ajratilgan.

Bu grantlar McGill universitetining quyidagi magistrlik darajalari uchun ajratiladi:

  • MA (Arts)
  • MArch (Architecture)
  • MATL (Arts in Teaching and Learning)
  • MBA (Business Administration)
  • MEd (Education), MEng (Engineering)
  • MISt (Information Studies)
  • MM (Management Analytics, Finance, Retail)
  • MMus (Music)
  • MPP (Public Policy)
  • MSc (Science)
  • MScA (Science, Applied)
  • MScAPT (Science, Applied in Physical Therapy)
  • MScAOT (Science, Applied in Occupational Therapy)
  • MSW (Social Work)
  • MUP (Urban Planning)
  • LLM (Law)
  • STM (Sacred Theology)

Universitetdagi barcha magistrlik dasturlari bilan BU YERDA tanishishingiz mumkin.

Shuningdek, quyidagi 2-kasbiy bakalavrlik dasturlari (bakalavriatni bitirib, yana kasbga yoʻnaltirilgan bakalavriat dasturini oʻqimoqchi boʻʻlganlarga moʻljallangan) uchun ham grantlar ajratiladi:

McCall MacBain Scholarships grantlariga xalqaro talabalar uchun qabul 2024-yil iyun oyi boshidan boshlanadi va 2025-yil 21-avgustgacha davom etadi. Bu grantlar McGill universitetida 2025-yil yozgi va kuzgi semestrda boshlanadigan dasturlarida oʻqish uchun beriladi.

Grantga ariza topshirish va oʻqish toʻliq ingliz tilida boʻladi.

Maʼlumot uchun: McGill universiteti dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biridir. Jumladan, 2024-yil fevral oyi holatiga koʻra, bu universitet dunyodagi eng nufuzli oliygohlar roʻyxatida 30-oʻrinni egallab turibdi (QS reytingi boʻyicha).

Grant kimlar uchun?

Kanadada magistratura yoki 2-marta bakalavriat darajasini oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasttur doirasida toʻliq grantni qoʻlga kiritgan 10 nafar xalqaro talaba quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Butun oʻqish davri uchun kontrakt toʻlovi toʻliq toʻlab beriladi.
  • Akademik semestrlar davomida oyiga 2000 CAD (taxminan 1500 AQSh dollari) stipendiya.
  • Monreal shahriga kelib joylashish uchun bir martalik yordam mablagʻi.
  • Yozda taʼtil boʻladigan dasturlarda oʻqiydigan talabalar yozda foydali tajriba orttirish uchun 5000 CAD (taxminan 3700 AQSH dollari) gacha grant uchun ariza berishi mumkin.
  • Shuningdek, toʻliq grantni qoʻlga kiritmagan, lekin saralash jarayonining muayyan bosqichiga yetib borgan nomzodlarga universitetda taʼlim olish uchun quyidagicha summa ajratiladi:
    – 25 nafar talaba uchun Finalist Award – qiymati 20 000 CAD.
    – 15 nafar talaba uchun Regional Award – qiymati 10 000 CAD.

Talablar:

Grantga ariza topshira olish uchun nomzodlar quyidagi talablarning bittasiga mos boʻlishi lozim:

  • Hozirda talaba boʻlish va 2025-yil avgustgacha 1-bakalavrlik darajasiga ega boʻlish kerak (yaʼni 1-marta bakalavriatni oʻqiyotgan va 2025-yil avgustgacha bakalavriatni tamomlash kerak).
  • Birinchi bakalavrlik darajasini oxirgi 5 yilda (2019-yil yanvar va undan keyin) tamomlagan boʻlish kerak.
  • Agar 1-bakalavrlik darajasini 5 yildan avval tamomlagan boʻlsangiz, 2024-yilda 30 yoshdan oshmagan boʻlishingiz kerak.

Shuningdek, nomzod McGill universitetida oʻzi topshirmoqchi boʻlgan tegishli magistratura yoi 2-kasbiy bakalavrlik dasturlarining qabul talablari, jumladan, til talablariga mos boʻlishi kerak. Universitetga qabul uchun kamida IELTS 6.5 yoki TOEFL iBT 86 sertifikati talab etiladi.

Universitetga qabul talablari va jarayoni bilan BU YERDA batafsil tanishishingiz mumkin. Universitetdagi ayrim dasturlar GMAT, GRE yoki boshqa sertifikatlarni ham talab qilishi mumkin. Shu sababli, tegishli magistrlik dasturlari yoki 2-kasbiy bakalavriat dasturlari (yuqoirda havolasii berilgan) sahifasiga kirib, talablari bilan tanishib chiqish va hozirdan shu talablarga tayyorgarlik koʻrish tavsiya etiladi.

Shuningdek, grantga saralash jarayonida baholanadigan mezonlar bilan BU YERDA tanishing (“We’re looking for:” boʻlimi).

Dasturga qabul jarayoni:

Bu grantga arizalar 2024-yil iyun oyi boshida boshlanadi va 2024-yil 21-avgustgacha qabul qilinad. Bu grantga qabul McGill universitetida oʻqish boshlanishidan taxminan 12-15 oy avval tugaydi. Shu sababli, aksariyat nomzodlar McGill universitetiga ariza topshirishdan oldin ushbu grantga ariza topshiradi (sizga ham shu tavsiya etiladi). McGill universitetiga grantga ariza topshirgandan keyin hujjat topshirish mumkin.

Grantga arizalar BU YERDA topshiriladi (dastlab “Create an account” tugmasini bosib hisob yaratish kerak). Ushbu ariza shakli 2024-yil iyun oyida ochiladi.

Lekin bu grantni qoʻlga kiritishingiz uchun McGill universitetining tegishli magistrlik yoki 2-kasbiy bakalavriat dasturlaridan biriga qabul qilinish lozim.

McGill universitetiga 2025-yilda oʻqishni boshlash uchun qabullar odatda 2024-yilning kuzida boshlanadi. Bu grantga ariza topshirmoqchi boʻlganlarga universitet saytiga kirib, qabul boshlangan yoki boshlanmaganini tekshirib turish tavsiya qilinadi.

Grantga ariza topshirish jarayoni haqida BU YERDA toʻliqroq maʼlumot olishingiz mumkin.

Bundan tashqari, qabul jarayonida hali oʻqishni bitirmagan talabalar, shuningdek, oʻqishni 2021, 2022 va 2023-yil bitirgan bitiruvchilarni oʻzi oʻqigan/oʻqiyotgan universiteti grant uchun tavsiya qilishi kerak. 2020-yil yoki undan avval oʻqishni bitirganlar uchun universitet tavsiyasi talab etilmaydi.

ESLATMA: Grantga qabul jarayoni boʻyicha maxsus onlayn va oflayn axborot seanslari tashkil etiladi. Bu grantga chindan qiziquvchilarga ushbu seanslarda ishtirok etish qattiq tavsiya etiladi. Bu axborot seanslari sanalari va vaqtlari haqidagi maʼlumotni BU YERDAN topasiz.

MUHIM: Ariza berishga kirishishdan avval dastur haqidagi rasmiy eʼlon va koʻp beriladigan savollarga javoblar bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!