Grant kimlar uchun?
O’zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Megatanlovning “eng yaxshi jurnalistik material”, “eng yaxshi blogpost” va “eng yaxshi ijtimoiy rolik” nominatsiyalari gʻoliblari quyidagi qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadilar:
- Har yoʻnalish boʻyicha 3-oʻrin gʻoliblariga ‒ televizor;
- Har yoʻnalish boʻyicha 2-oʻrin gʻoliblariga ‒ noutbuk;
- Har yoʻnalish boʻyicha 1-oʻrin gʻoliblariga ‒ Samsung Galaxy s9 smartfoni.
- “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” insholar tanlovining bir guruh g’oliblariga Samsung Galaxy S9 smartfoni
- Undan tashqari, g’oliblarga Adliya vaziri va boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan imzolangan diplomlar ham topshiriladi.
- Gʻoliblarga va boshqa ishtirokchilarga homiylar tomonidan taʼsis etiladigan boshqa qimmatbaho sovgʻalar ham berilishi mumkin.
Talablar:
Ushbu tanlovda Oʻzbekiston Respublikasining barcha fuqarolari ishtirok etishlari mumkin. “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” insholar tanlovida faqat yuqori sinf o’quvchilari va oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etishlari mumkin.
Dasturga qabul jarayoni:
Megatanlovga qabul 2018-yil 1-oktabrdan boshlab ochiladi. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan har bir nomzod oʻz ijodiy materiallarini, nominatsiya nomini koʻrsatgan holda, tashkiliy qoʻmitaning ishchi organiga pasport nusxasi va rezyumesi bilan birgalikda topshirishi kerak, Adliya vazirligining Huquqiy targʻibot va maʼrifat boshqarmasi tashkiliy qoʻmitaning ishchi organi boʻlib hisoblanadi.
- Insholar tanlovini o’tkazish tartibi esa quyidagicha: tanlov uchun nomzodlar ikki guruhga saralanadilar: yuqori sinf o’quvchilari va OTM talabalari.
- Tanlovning birinchi guruhi uchun nomzodlar oʻz ijodiy ishlarini ota-onasi yoki oʻqituvchisi nomidan kuzatuv xati (unda ishtirokchi va ota-ona yoki oʻqituvchi haqida maʼlumot hamda aloqa maʼlumotlari koʻrsatiladi) bilan birga, ikkinchi guruh esa oʻzi haqidagi maʼlumotnoma (obyektivka) bilan birga topshiradilar. Maʼlumotnomada aloqa maʼlumotlari (e-mail, telefon raqami, manzil) koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
- Har bir bosqichda har bir guruhdan uchtadan gʻolib keyingi bosqichga oʻtkaziladi.
- Respublika bosqichiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va har bir viloyatdan ikki guruhdan uchtadan oltita, jami 84ta ishtirokchi yetib keladi.
- Respublika bosqichida har bir guruhdan bittadan gʻolib tanlov hayʼati tomonidan aniqlanadi.
- Insholar tanloviga materiallar 2018-yil 20-oktabrgacha qabul qilinadi.
- G’oliblar Konstitutsiya kuni arafasida e’lon qilinadi va taqdirlanadi.
Batafsil ma’lumot uchun megatanlov nizomi bilan tanishib chiqishingiz mumkin.