×

Shveytsariya: Magistratura bosqichi uchun qisman grantlar


Grant

MUHLAT

15.01.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shveytsariya

O'QILGAN

3837 marta

Shvetsariyada joylashgan University of Geneva  oliygohi o’zining European and International Governance (MEIG Programme) magistratura bosqichida o’qishni xohlovchi talabalarga grant o’rinlarini taklif etadi. MEIG Programme ga qabul qilingan barcha talabalar ushbu grantga nomzodlik qilishi mumkin. Dastur doirasiga ko’ra saralash jarayonida nomzodlarning moliyaviy ahvoli ya’ni oilaviy yillik daromadlari ham o’rganib chiqiladi.  Grantlar shu kurslarga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, dasturdan asosiy maqsad universitetda o’qish istagidagi, lekin moddiy cheklovlar sababli o’qiy olmasligi mumkin bo’lgan iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan q’ollab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabalar quyidagicha taqdirlanadilar:

Nomzodning moliyaviy ahvolidan kelib chiqqan holatda universitet  to’lov kontraktining ma’lum bir qismi qoplab beriladi.

University of Geneva oliygohi to’lov kontraktlari haqida ma’lumot bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

Talablar:

Grant yutib olish uchun quyidagi talablarga eng mos nomzod bo’lish lozim:

  • Nomzod bakalavr darajasini tugallagan bo’lishi lozim.
  • Nomzod unversitetning MEIG Programme magistratura bosqichi qabul talablariga to’liq javob berishi lozim. MEIG Programme qabul talablari bilan bu yerda to’liq ma’lumotga ega bo’lishingiz mumkin.
  • Nomzodning o’z sohasida tajribaga ega bo’lishi grant yutishiga imkoniyatni kengaytiradi.
  • Nomzod ingliz tilini bilishi maqsadga muvofiq.

Dasturga qabul jarayoni:

MEIG Programme yo’nalishi  uchun ajratiladigan grant dasturiga hujjat topshirish uchun universitet sayti orqali ARIZA to’ldirish bilan bir qatorda, quyidagi hujjatlarni ingliz tiliga tarjima qilingan holatda ilova qilish so’raladi:

  • Rasmiy daromad bayonotlarining ko’chirma nusxalari ( o’zingiz va boshqa tegishli shaxslar: oila a’zolari yoki yordamga chaqirishingiz mumkin bo’lgan boshqa shaxslar)
  • Bank yoki jamg’arma muassasasi va mavjud mablag’larni ko’rsatuvchi ma’lumotnoma.
  • Boshqa grantlarizgiz hamda kredit so’rovlaringiz haqida ma’lumotnoma.

Dasturda ishtirok etish uchun dastlab MEIG Programme ga kirish uchun qabul talablari bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.

Qo’shimcha ma’lumot uchun meig@unige.ch   elektron manzili yoki +41223798650  raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!