Avstraliyada joylashgan University of Melbourne tomonidan taqdim etiladigan Melbourne Research Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar Melburn universiteti research master va PhD (magistratura va doktorantura) kurslarida o’qish uchun beriladi. Dastur doirasida taxminan 350 nafar talabaga grant ajratilgan. Kurslar ro’yxati
Grant kimlar uchun?
Magistratura va doktorantura kurslarida o'qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Melbourne Research Scholarship granti kontraktga chegirma yoki stipendiya shaklida berilishi mumkin
Stipendiyali grant yutib olgan talaba magistratura uchun 2 yil, doktorantura uchun 4 yilgacha o’qish to’lovidan ozod qilinadi va yiliga 31 200 Avstraliya dollari (22 167 AQSh dollari) stipendiya beriladi. Yo’l xarajatlari uchun 3 000 Avstraliya dollari (taxminan 2100 AQSh dollari) mablag’ ajratiladi. Talabaning salomatligi sug’urta qilinadi.
Chegirma grantini yutib olgan talaba magistratura uchun 2 yilgacha, doktorantura uchun esa 4 yilgacha o’qish to’lovidan ozod qilinadi. Kontrakt to’lovi qancha?
Talablar:
Qabul uchun:
- Magistratura kurslari uchun bakalavr diplomi, doktorantura kurslari uchun magistratura diplomi;
- Yuqori baholar;
- Nashrlar (ixtiyoriy);
- Tadqiqot rejasi (research proposal);
- Ingliz tili sertifikati;
- Ilmiy rahbar haqida ma’lumotnoma (kursga qabul uchun talab qilingan bo’lsa);
- Tadqiqot tajribasi va boshqalar talab etiladi.
- Ba’zi kurslarga ariza topshirishdan avval tadqiqot uchun ilmiy rahbar topish kerak bo’ladi. Agar shunday bo’lsa, bu yerda topishingiz mumkin.
Dasturga qabul jarayoni:
Grant uchun ariza berish talab etilmaydi. Melburn universiteti magistratura yoki doktorantura kurslaridan biriga hujjat topshirgan barcha nomzodlar grant uchun da’vogarlik qiladilar.
Kurslarga hujjat topshirish jarayoni haqida bu yerda batafsil ma’lumot ko’rsatilgan. Hujjatlar taxminan 30-noyabrgacha, ba’zi kurslar uchun dekabr oxirigacha bu yerda qabul qilinadi. Hujjat topshirishning aniq sanalarini bilish uchun kurslar ro’yxatidan keraklisini tanlab, ma’lumotlar bilan tanishib chiqishingiz kerak bo’ladi.
Kerakli hujjatlar:
- CV
- Diplom va baholar
- Til sertifikati
- Nashrlar
- Tadqiqot taklifi
- Tavsiyanoma
- Qo’shimcha boshqa hujjatlar.
Murojaat uchun: +61390355511