Oʻzbekiston Respublikasi Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi 18-30 yoshli nomzodlar uchun “Mening raqamli huquqlarim” nomli videoroliklar tanlovini eʼlon qildi.
Tanlov maqsadlari quyidagilardan iborat:
- yoshlar orasida raqamli huquqlar tushunchasini targʻib qilish, ijodkor yoshlarni aniqlash, qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish;
- yoshlarda ijodiy faoliyatga qiziqish va ragʻbat uygʻotish.
Grant kimlar uchun?
18-30 yoshlilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Tanlov natijasida 1 nafar gʻolib (1-oʻrin), 2 kishidan ortiq boʻlmagan sovrindor (2-chi va 3-oʻrin) va 3 ta qoʻshimcha mukofot eʼlon qilinadi.
Sovrindorlar quyidagicha taqdirlanadi:
- 1-oʻrin. Samsung Galaxy A52 4/128 GB, Awesome White (A525).
- 2-oʻrin. Samsung Galaxy A23 4/64 GB, White (235).
- 3-oʻrin. Samsung Galaxy A22 4/64 GB, White (A225).
- Qoʻshimcha sovrinlar 3 ta Power Bank Xiaomi Mi 3 10000 mAh Silver.
Talablar:
Tanlovda qatnashish uchun talab va shartlar quyidagicha:
- Tanlovda18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar ishtirok etishi mumkin.
- Tanlovda Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududida rasmiy mehnat faoliyatini olib borayotgan norezidentlar ishtirok etishlari mumkin.
- Tanlovda ishtirok etish uchun ishlar qatʼiy belgilangan muddatda qabul qilinadi.
- Tanlovda ishtirok etish va roʻyxatdan oʻtish davrida koʻrsatilgan aloqa kontaktlari ishtirokchiga tegishli boʻlishi kerak.
- Tanlovga raqamli huquqlar mohiyatini ochib beradigan MOV, AVI va MP4 formatdagi videomateriallar (bir ishtirokchidan toʻrttagacha) qabul qilinadi.
- Videomateriallar tanlov mavzusiga oid boʻlmogʻi va raqamli huquqlar mohiyatini ochib berishi kerak.
- Videorolik xronometraji 60 soniyadan oshmasligi kerak.
- Yuklanayotgan videomaterial hajmi 100 MB dan oshmasligi lozim.
Topshirilgan ishlar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
- Tanlov mavzusiga moslik;
- Ijodkorlik;
- Haqqoniylik;
- Tushunarli bo’lishi.
Dasturga qabul jarayoni:
Tanlov 3 bosqichda boʻlib oʻtadi: I bosqich — ijodiy ishlar qabuli. II bosqich — taqdim etilgan ishlarning tanlov komissiyasi tomonidan baholanishi. III bosqich — tanlov gʻoliblarini taqdirlash.
Tanlovga ijodiy ishlar 2022-yil 20-iyun 24:00 gacha qabul qilinadi. Ishtirok etish uchun hujjatlar BU YERDA qabul qilinadi.
MUHIM: Tanlovga qatnashishdan oldin tanlovning oʻtkazish talablari va tanlov nizomi bilan batafsil tanishib chiqing.