×

“Mening raqamli huquqlarim” videoroliklar tanlovida qatnashib, Samsung Galaxy telefoni yutib oling!


Grant

MUHLAT

20.06.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

1496 marta

Oʻzbekiston Respublikasi Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi 18-30 yoshli nomzodlar uchun “Mening raqamli huquqlarim” nomli videoroliklar tanlovini eʼlon qildi.

Tanlov maqsadlari quyidagilardan iborat:

  • yoshlar orasida raqamli huquqlar tushunchasini targʻib qilish, ijodkor yoshlarni aniqlash, qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish;
  • yoshlarda ijodiy faoliyatga qiziqish va ragʻbat uygʻotish.

Grant kimlar uchun?

18-30 yoshlilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov natijasida 1 nafar gʻolib (1-oʻrin), 2 kishidan ortiq boʻlmagan sovrindor (2-chi va 3-oʻrin) va 3 ta qoʻshimcha mukofot eʼlon qilinadi.

Sovrindorlar quyidagicha taqdirlanadi:

  • 1-oʻrin. Samsung Galaxy A52 4/128 GB, Awesome White (A525).
  • 2-oʻrin. Samsung Galaxy A23 4/64 GB, White (235).
  • 3-oʻrin. Samsung Galaxy A22 4/64 GB, White (A225).
  • Qoʻshimcha sovrinlar 3 ta Power Bank Xiaomi Mi 3 10000 mAh Silver.

Talablar:

Tanlovda qatnashish uchun talab va shartlar quyidagicha:

  • Tanlovda18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar ishtirok etishi mumkin.
  • Tanlovda Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududida rasmiy mehnat faoliyatini olib borayotgan norezidentlar ishtirok etishlari mumkin.
  • Tanlovda ishtirok etish uchun ishlar qatʼiy belgilangan muddatda qabul qilinadi.
  • Tanlovda ishtirok etish va roʻyxatdan oʻtish davrida koʻrsatilgan aloqa kontaktlari ishtirokchiga tegishli boʻlishi kerak.
  • Tanlovga raqamli huquqlar mohiyatini ochib beradigan MOV, AVI va MP4 formatdagi videomateriallar (bir ishtirokchidan toʻrttagacha) qabul qilinadi.
  • Videomateriallar tanlov mavzusiga oid boʻlmogʻi va raqamli huquqlar mohiyatini ochib berishi kerak.
  • Videorolik xronometraji 60 soniyadan oshmasligi kerak.
  • Yuklanayotgan videomaterial hajmi 100 MB dan oshmasligi lozim.

Topshirilgan ishlar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

  • Tanlov mavzusiga moslik;
  • Ijodkorlik;
  • Haqqoniylik;
  • Tushunarli bo’lishi.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlov 3 bosqichda boʻlib oʻtadi: I bosqich — ijodiy ishlar qabuli. II bosqich — taqdim etilgan ishlarning tanlov komissiyasi tomonidan baholanishi. III bosqich — tanlov gʻoliblarini taqdirlash.

Tanlovga ijodiy ishlar 2022-yil 20-iyun 24:00 gacha qabul qilinadi. Ishtirok etish uchun hujjatlar BU YERDA qabul qilinadi.

MUHIM: Tanlovga qatnashishdan oldin tanlovning oʻtkazish talablari va tanlov nizomi bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!