Yaponiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi MEXT Talaba (MEXT Undergraduate Students) dasturiga arizalar qabul qilishni boshladi. Ushbu grantni qoʻlga kiritgan talabalar bir yil yapon tili kursi va yapon oliy taʼlim muassasalarida 4 yil bakalavr kursini oʻqish imkoniyatiga ega boʻladilar (agar talaba yapon tilini yaxshi bilsa yoki faqat ingliz tilida oʻqitadigan universitet bakalavriatiga kirsa, tayyorlov kursi oʻqilmaydi).
Grantlar ijtimoiy-gumanitar hamda tabiiy fanlar umumiy yoʻnalishlaridagi kurslarda oʻqish uchun beriladi. Quyida tanlash mumkin boʻlgan yoʻnalishlar keltirilgan:
1. Social Sciences and Humanities (Ijtimoiy-gumanitar fanlar)
- Social Sciences and Humanities – A kurslari boʻyicha quyidagi ixtisosliklar mavjud:
– Law (Huquq)
– Politics (Siyosat)
– Pedagogy (Pedagogika)
– Sociology (Jamiyatshunoslik)
– Literature (Adabiyot)
– History (Tarix)
– Japanese Language (Yapon tili)
– Boshqalar (Iqtisodiyot, Biznes boshqaruvi va Social Sciences and Humanities – B kurslaridagi “Boshqalar”dan tashqari). Boshqa ixtisosliklarni tanlagan nomzodlar oʻqishga kirish uchun universitet topishga qiynalishi mumkin. - Social Sciences and Humanities – B kurslarida quyidagi ixtisosliklar mavjud:
– Economics (Iqtisodiyot)
– Business Administration (Biznes boshqaruvi)
– Boshqalar (Buxgalteriya, Moliyaviy iqtisodiyot va hk). Boshqa ixtisosliklarni tanlagan nomzodlar oʻqishga kirish uchun universitet topishga qiynalishi mumkin.
2. Natural Sciences (Tabiiy fanlar)
- Natural Sciences – A kurslari boʻyicha quyidagi ixtisosliklar mavjud:
– Science (ilm-fan): 1. Mathematics. 2. Physics. 3. Chemistry.
– Electric and Electronic Studies: 4. Electronics. 5. Electrical Engineering. 6. Information Engineering.
– Mechanical Studies: 7. Mechanical Engineering. 8. Naval Architecture.
– Civil Engineering and Architecture: 9. Civil Engineering. 10. Architecture. 11. Environmental Engineering.
– Chemical Studies: 12. Applied Chemistry. 13. Chemical Engineering. 14. Industrial Chemistry. 15. Textile Engineering.
– Other fields: 16. Metallurgical Engineering. 17. Mining Engineering. 18. Maritime Engineering. 19. Biotechnology. - Natural Sciences – B kurslari boʻyicha quyidagi ixtisosliklar mavjud:
– Agricultural Studies: 1. Agriculture. 2. Agricultural Chemistry. 3. Agricultural Engineering. 4. Animal Sciences. 5. Vetirinary Medicine. 6. Forestry. 7. Food Sciences. 8. Fisheries.
– Hygienic Studies: 9. Pharmacy. 10. Hygienics. 11. Nursing.
– Science: 12. Biology. - Natural Sciences – C kurslari boʻyicha quyidagi ixtisosliklar mavjud:
– Medicine
– Dentistry
Kurslari roʻyxati bilan batafsil bu yerda toʻliq koʻrsatilgan.
Ushbu dasturga topshiruvchilarning barchasidan ingliz tilini yaxshi bilish, yapon tilini esa kamida boshlangʻich darajada (hiragana va katakana alifbolarini) bilish talab etiladi.
Grantni qoʻlga kiritganlar oʻqishni 2025-yildan boshlaydi.
Grant kimlar uchun?
Bakalavr bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grantni yutib olgan shaxslarning 1 yil yapon tili va universitetga tayyorlov kursi hamda 4 yil bakalavr kursida oʻqish va yashash xarajatlari qoplab beriladi. Agar grant berilgan shaxs yapon tilini yetarli darajada bilsa yoki yapon oliy taʼlim muassasasiga tayyorlov kursisiz qabul qilinsa, grant faqat 4 yillik bakalavr kursi uchun beriladi.
Grant quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
- Oʻqish toʻlovi, roʻyxatdan oʻtish va kirish imtihonlarida (agar boʻlsa) qatnashish toʻlovi toʻlab beriladi.
- Talabaga 117000 yen (taxminan 7570 AQSh dollari) oylik stipendiya beriladi.
- Yaponiyaga borish va dastur soʻnggida vatanga qaytish uchun aviachipta olib beriladi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi lozim:
- Nomzod 2000-yil 2-aprel yoki shu sanadan KEYIN tugʻilgan boʻlishi kerak. Shu bilan birga u Yaponiya universitetiga qabul qilinish vaqtida 18-yoshdan kichik boʻlmasligi lozim.
- Nomzod yapon tili va madaniyatiga chuqur qiziqish bildirishi hamda Yaponiyada oʻqish mobaynida hamda undan keyin yapon tilini oʻrganishga tayyor boʻlishi zarur.
- Nomzodning salomatligi Yaponiyaga oʻqishga ketish va u yerda oʻqish uchun yetarli darajada boʻlishi kerak. Hujjat topshirish jarayonida salomatlik darajasini koʻrsatuvchi hujjatlar talab etiladi.
- Nomzod yapon tilini oʻrganishga tayyor boʻlishi lozim. Shunindek, Yaponiyaga qiziqishi hamda Yaponiyaga borgach, Yaponiya haqidagi bilimlarini chuqurlashtirishi lozim.
- Yapon universitetlaridan birida oʻqiyotgan va talabalik vizasiga ega nomzodlar ushbu dasturga topshira olmaydi.
- Grant taqdim etilgan shaxs qaysi oliy taʼlim muassasasida oʻqishi MEXT dasturi masʼul shaxslari tomonidan belgilanadi.
- Grant taqdim etilgan shaxs Yaponiyaga talabalik vizasi (Student Visa) olishi mumkin boʻlishi kerak. Yaponiyaga boshqa turdagi vizalari bor shaxslar talabalik vizasini olishlari va Yaponiyaga shu viza bilan qaytadan kirishlari kerak boʻladi.
MUHIM: Nomzodga qoʻyilgan talablar umumiy shaklda keltirildi. Talablar bilan BU YERDA batafsil tanishishingiz mumkin (“Qualifications and conditions” boʻlimi).
Dasturga qabul jarayoni:
Kerakli hujjatlar:
- So‘rovnoma-ariza (Applicationform) – 1 ta original, 1 ta koʻchirma nusxasi.
- To‘gʻridan-to‘gri joylashish hujjati (Placement Preference Form) – faqat original nusxasi. Bu hujjatni faqatgina universitetga toʻgʻridan-toʻgʻri qabul qilinayotgan talabalar topshiradi.
- Maktab/litsey/kollej baholari koʻchirmasi, agar universitetda oʻqiyotgan yoki universitetni bitirgan boʻlsa, universitet baholarining koʻchirmasi ham qoʻshib topshiriladi. Baholar koʻchirmasi maktab/litsey/kollej va universitet maʼmuriyati tomonidan muhrlangan boʻlishi hamda 1 ta original, 1 ta koʻchirma nusxasi taqdim etilishi kerak.
- Attestat yoki litsey/kollej diplomi. Nomzod universitetni bitirgan boʻlsa, universitet diplomi ham taqdim etiladi. Attestat yoki diplomlarning faqatgina koʻchirma nusxasi (2 tadan) topshiriladi. Biroq bu koʻchirma nusxa maktab/litsey/kollej va universitetning rasmiy muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim. Shuningdek, nomzod hali maktab/litsey/kollejni yoki universitetni bitirmagan boʻlsa (oxirgi sinf yoki kurs talabalari), shahodatnoma va/yoki diplom oʻrniga maktab/litsey/kollej yoki universitetdan talaba/oʻquvchi hali oʻqishni toʻliq tugatmagani, biroq shu yili tugatishi haqida maʼlumotnoma taqdim etilishi kerak.
- Tavsiyanoma – 1 ta originali, 1 ta koʻchirma nusxasi. Tavsiyanoma oxirgi oʻqish joyidagi sinf/guruh rahbari yoki oxirgi oʻquv muassasasi direktori tomonidan berilishi kerak.
- Tibbiy maʼlumotnoma – 1 ta original, 1 ta koʻchirma nusxasi. 2025-yil uchun belgilangan namunadagi blank, ingliz tilida to‘ldirilib, doktor imzosi va shifoxonaning (poliklinika) muhri bo’lishi shart. Har qanday shifoxona (poliklinika) yoki xususiy tibbiyot markaziga murojaat qilishingiz mumkin. foydalaning. Tibbiy maʼlumotnoma ingliz tilida vakolatli shifokor tomonidan toʻldirilgan boʻlishi lozim.
- OTMda oʻqiyotganlik haqida maʼlumotnoma – 1 ta original, 1 ta koʻchirma nusxasi. Bu hujjatni faqatgina OTMda tahsil olayotganlar topshiradi.
- Kirish imtihonlarini topshirib, universitetga qabul qilinganlik haqidagi maʼlumotnoma – 1 ta original, 1 ta koʻchirma nusxasi. Bu hujjatni faqatgina biror universitetga kirish uchun kirish imtihonini topshirib, qabul qilingan, lekin hali oʻqishni boshlamagan talabalar topshiradi.
- Chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjatlar (IELTS, TOEFL, JLPT va h.k.). Til bilish sertifikati majburiy emas, faqat sertifikati borlar topshiradi. Sertifikati yoʻqlar topshirmaydi.
Dasturga hujjatlar 2024-yil 24-may soat 18:00 gacha qabul qilinadi. Topshirilish kerak hujjatlar uchun maxsus shakllarni BU YERDAN yuklab oling.
Hujjatlar ingliz yoki yapon tilida boʻlishi, asl nusxalari alohida 1 ta toʻplam, koʻchirma nusxalari alohida bitta toʻpplam qilinishi va stepler bilan bir-biriga biriktirilmasligi kerak.
Dasturga qabul jarayoni 4 bosqichdan iborat.
1-bosqich. Yuqorida sanab oʻtilgan hujjatlarni topshirish bosqichi. Bu bosqich 2024-yil 24-may soat 18:00 gacha davom etadi. Mazkur bosqich natijalari 2024-yil, 10-iyunda eʼlon qilinadi. Natijani bilish uchun nomzodning oʻzi elchixonaga qoʻngʻiroq qilib soʻrashi kerak.
2-bosqich. Yozma imtihon. 1-bosqichdan oʻtganlar 22-23-iyun kunlari yozma imtihon topshiradi. Imtihonning joyi keyinchalik eʼlon qilinadi. Ijtimoiy-gumanitar fanlar boʻyicha topshirgan nomzodlardan ingliz tili, matematika va yapon tilidan imtihon olinadi. Tabiiy fanlar yoʻnalishiga topshirgan nomzodlardan ingliz tili, matematika, kimyo, yapon tili va nomzodning qaysi kursni tanlaganidan kelib chiqib fiziki yoki biologiyadan imtihon olinadi. Har ikkala yoʻnalish nomzodlari yapon tilini kamida boshlangʻich darajada (hiragana va katakana alifbosini) bilishi lozim. Imtihonda yapon tilidan 0 ball olgan nomzodlar keying bosqichga oʻta olmaydi. Avvalgi yillarda yozma imtihonda tushgan savollar va ularga javoblarni BU YERDAN yuklab oling (Undergraduate students).
Qaysi fanlardan imtihon boʻlishini BU YERDA koʻrib oling (“9. Selection” boʻlimi, 6-bet).
3-bosqich. 2-bosichdn muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar bilan suhbat uyushtiriladi. Suhbat Oʻzbekistonda iyul oyi boshlarida boʻlib oʻtadi (aniq sana va vaqt keyinchalik eʼlon qilinadi).
4-bosqich. MEXTʼning saralashi. Bunda MEXT nomzod natijalarini koʻrib chiqib, nomzodga grant berish yoki bermaslik masalasini hal qiladi. Bu 2025-yil yanvar-fevral oylarida maʼlum boʻladi.
Shuningdek, nomzoddan Yaponiya universitetiga kirish imtihonlarini topshirish ham talab etilishi mumkin.
Muhim: Mazkur maqolada grantning barcha talablari toʻliq keltirilmagan. Grant talablari, hujjatlar va boshqa barcha maʼlumotlar bilan toʻliq tanishib chiqish uchun grant qoʻllanmasini oʻqib chiqing (ingliz va yapon tilidagi qoʻllanmada toʻliq maʼlumot bor; oʻzbek va rus tillaridagisi toʻliq emas):
O‘quv dasturlari, so‘rovnomalarni to‘ldirish va dastur bilan bog‘liq savollar tug‘ilganda elchixonaga qat’iy soat 09:00 dan 13:00 gacha hamda 14:30 dan 18:00 gacha, Madaniyat va axborot bo‘limiga +998 78-120 80 76/60/61/62 telefoniga murojaat qilishingiz mumkin. Qoʻngʻiroq qilishdan oldin yuqorida keltirilgan yoʻriqnomani toʻliq oʻqib chiqing.
Mazkur grantni qo’lga kiritib, Yaponiyada tahsil olayotgan hamyurtimiz bilan suhbatni SHU YERDA oʻqishingiz mumkin.
Yaponiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi manzili: 100047, Oʻzbekiston, Toshkent shahar, Sodiq Azimov koʻchasi, 1-proyezd, 28-uy.