×

MEXT University Recommendation: APU (Yaponiya) universitetida magistraturani PhD bosqichini oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya!


Grant

MUHLAT

16.11.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

6828 marta

Yaponiyada joylashgan APU universitetining magistratura va PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilarga MEXT University Recommendation grant dasturi taklif etiladi. Ushbu grant xalqaro ta’lim raqobatdoshligini oshirish hamda Yaponiya universitetlarida xorijlik talabalarning faol almashinuvini rag‘batlantirish maqsadida Yaponiyaning Ta’lim, Madaniyat, Sport, Fan va Texnologiya vazirligi (MEXT) tomonidan taqdim etiladi.

Bu grant APU universitetida mavjud istalgan magistrlik va PhD dasturida 2023-yil sentabrdan boshlab oʻqish uchun beriladi. Universitetda mavjud magistratura va PhD dasturlarini BU YERDAN topishingiz mumkin.

Bu universitetdagi barcha magistrlik va PhD dasturlari ingliz tilida oʻqitiladi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Bu grantni qoʻlga kiritganlar quyidagi imtiyozlar bilan taʼminlanadi:

  • Qabul badali toʻliq qoplanadi.
  • Kontrakt summasi toʻliq toʻlab beriladi.
  • 144 000 yen (taxminan 1072 AQSH dollari) oylik stipendiya beriladi. Stipendiya miqdorida biroz oʻzgarish boʻlishi mumkin.
  • Borish va kelish uchun aviachiptalar taʼminlanadi.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Nomzod belgilangan davlatlardan birining fuqarosi boʻlishi lozim. Bu davlatlar ichida Oʻzbekiston, Tojikiston, Qozogʻiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston va Afgʻoniston ham bor.
  • 1988-yil, 2-aprelda yoki undan keyin tugʻilgan boʻlish kerak.
  • Oxirgi olgan diplomidagi baholarining oʻrtachasi (GPA) kamida 2,3/3 boʻlishi lozim. Bu 100 ballik tizimda kamida 77 boʻlishi kerak degani. Shuningdek bakalavriat yoki magistraturaning oxirgi bosqichida oʻqiydiganlar ham ariza topshira oladi va ular hujjat topshirayotgan vaqtgacha olgan baholarini topshiradi. Ularning baholari ham yuqorida qayd etilgan GPA talabiga mos boʻlishi lozim.
  • Nomzod APU universitetida taklif etiladigan biror magistrlik yoki PhD dasturiga 2023-yil sentabrda oʻqish uchun ariza topshirishi va qabul qilinishi kerak.
  • Shuningdek magistratura yoki PhD bosqichiga ariza topshirishda ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat topshirish lozim. Bunda kamida IELTS 6.5 yoki shunga teng boshqa xalqaro til sertifikatini taqdim qilish kerak.

Eslatmalar:

  • Harbiy xizmat o‘tayotganlar yoki ariza topshirish vaqtida harbiy xizmatda bo‘lgan fuqarolar ushbu grantdan foydalana olmaydi.
  • Qabul qilingan talabalar APU tomonidan belgilangan muddat ichida Yaponiyaga yetib kelishlari lozim.
  • MEXT granti uchun ariza topshirganlar, agar avval ham ushbu stipendiyani yutgan bo‘lsa, avvalgi grant to‘lab berilgan muddatning oxirgi sanasidan boshlab uch yillik ta’lim tadqiqoti tajribasiga ega bo‘lmasa, MEXT stipendiyasini takroran olish huquqiga ega emas.
  • Ushbu grant uchun ariza topshirganlar bir vaqtning o‘zida MEXTning boshqa grant dasturiga ariza topshirish mumkin emas.
  • Shuningdek APUda o‘qish jarayonida ushbu grantni yutgan talabalar, boshqa grant tashkilotidan ham stipendiya ololmaydi.
  • Ingliz tilini bilish bo‘yicha xalqaro darajadagi sertifikatlar ballarining muddati: 2021-yil 24-mart yoki undan keyin olingan bo‘lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza topshirish va qabul jarayoni quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

  • APU uchun arizalar 2022-yil 16-noyabrgacha qabul qilinadi. (2023-yil sentabrda oʻqishni boshlash uchun). Bu grant aprelda oʻqishni boshlash uchun taqdim etilmaydi. Bu grant uchun alohida qo‘shimcha hujjatlarni topshirish talab qilinmaydi, magistratura yoki PhD dasturi uchun talab etiladigan hujjatlarni topshirishning oʻzi kifoya.
  • APU yuborilgan barcha arizalarni ko‘rib chiqadi va munosib nomzodlarni grant uchun MEXTga tavsiya etadi.
  • MEXTga tavsiya etilgan nomzodlar APU qabuli natijalari haqida xabardor qilinadi.
  • Tavsiya uchun saralangan talabalar qoʻshimcha MEXT arizasi va hujjatlarini toʻldirib, APUga topshiradi.
  • Kimlarga grant ajratilishi masalasini MEXT hal qiladi.

Magistratura va PhD dasturlari uchun qabul talablari, ariza topshirish jarayoni, kerakli hujjatlar va boshqalar haqida BU YERDA batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!