Yaponiyaning Ritsumeikan Asia Pacific University (APU) oliygohi 2022-yilda oʻqishni boshlaydigan magistratura va PhD bosqichi talabalariga MEXT University Recommendation (UR) Scholarship grant dasturini taklif etadi. Dastur MEXT – Yaponiya Ta’lim, Madaniyat, Sport, Fan va Texnologiyalar Vazirligi tomonidan tashkil etilgan boʻlib, undan maqsad talabalar almashinuvi dasturlarini rivojlantirish hamda xalqaro raqobatbardoshlikni oshirishdir. Stipendiya APU tomonidan MEXTʼga tavsiya etilgan eng iqtidorli chet ellik talabalar uchun ajratiladi.
Grant kimlar uchun?
Magistratura va PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant dasturi talabaning butun oʻqish davri davomida (dasturga qarab turlicha) amal qiladi. Grant dasturi gʻolib boʻlgan talabani quyidagilar bilan ta’minlaydi:
- Oʻqish toʻlovini 100 foiz
- 144 000 JPY (taxminan 1 302 AQSh dollar) miqdorida oylik stipendiya ajratadi.
- Talabaning Yaponiyaga borishi va yurtiga qaytishi uchun aviachipta
Grantning manfaatli jihatlari bilan shu yerda batafsil tanishing.
Talablar:
Nomzod qoʻyilgan umumiy talablar quyidagicha:
- Nomzod Yaponiya bilan diplomatik aloqalarga ega davlat fuqarosi boʻlishi kerak (Oʻzbekistonlik nomzodlar ham hujjat topshira oladilar).
- Nomzod yapon millatiga mansub boʻlmasligi kerak.
- Nomzod 1987-yil, 2-apreldan keyin tugʻilgan boʻlishi kerak.
- Nomzod APU universiteti qabul talablariga javob berishi va oliygih tomonidan grant uchun tavsiya etilishi kerak.
- Nomzodning bundan oldingi bosqichdagi akademik koʻrsatkichlari kamida 2.30/3.0 ballni tashkil etishi kerak.
- Nomzod oldin MEXT stipendiyasini olmagan boʻlishi kerak.
- MEXT (UR) Scholarship dasturiga ariza bergan nomzod MEXT`ning boshqa grant dasturlariga hujjat topshira olmaydi.
- Talaba, MEXT (UR) Scholarship stipendiyasini olayotgan paytida, boshqa grant/moddiy yodam dasturlari boʻyicha stipendiya olishi mumkin emas.
Dasturga qabul jarayoni:
Hujjat topshrish jarayoni quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
- APU universitetining 2022-yil sentyabrda boshlanadigan kurslari uchun arizalar 2021-yil 17-noyabrgacha qabul qilinadi.
- Oliygoh talablariga javob bergan eng iqtidorli nomzodlarning hujjatlari MEXT`ga tavsiya etiladi.
- Saralash bosqichidan oʻtgan nomzodlar MEXT uchun qoʻshimcha hujjatlarni topshirishlari talab etiladi.
- Yakuniy qaror MEXT tomonidan qabul qilinadi.
Talab qilinadigan hujjatlar:
- (onlayn portal 2021-yil 1-sentyabrda ishga tushadi)
- Personal Statement.
- Oʻquv/tadqiqot rejasi.
- Bakalavr diplomi.
- Baholar/diplom ilovasi.
- CV.
- Til sertifikati (IELTS 6.5 yoki TOEFL iBT 85 ball va undan baland).
- 2 ta tavsiyanoma.
- Passport nusxasi.
- Rasm.
- GMAT/GRE natijalari (agar talab etilsa).
- Nomzodning 3 yillik mehnat tajribasi haqidagi maʻlumot (agar talab etilsa).
Eslatma: Universitetga qabul qilish uchun topshiriladigan hujjatlar tanlangan kursga qarab turlicha boʻlishi mumkin.
Taqdim etilgan barcha hujjatlar ingliz tilida boʻlishi, boshqa tildagi hujjatlar notarial tasdiqlangan nusxasi bilan topshirilishi zarur.
Grant haqidagi toʻliq ma’lumotni universitetning rasmiy saytidan yoki savol-javoblardan olishingiz mumkin.