×

Microsoft kompaniyasi virtual amaliyot dasturi: ishtirok eting va sertifikatga ega bo’ling!


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

4020 marta

Jahonga mashhur Microsoft kompaniyasida amaliyot o’tab, akademik rezyume yoki CV da ko’rsatish uchun sertifikat olishni xohlaysizmi? Karantin sababli hozirda ko’pchilik o’z vaqtini uyda o’tkazmoqda va odatdagidan ko’proq bo’sh vaqtga ega. Bunday vaqtda shaxsiy rivojlanish va kelajakda karyera uchun foydali bo’ladigan onlayn amaliyot dasturlarida ishtirok etish orqali vaqtdan ancha unumli foydalansa bo’ladi. Microsoft kompaniyasi o’z bilim va mahoratini oshirish istagidagi yosh mutaxassislar uchun mutlaqo bepul bo’lgach 3 ta amaliyot dasturini taqdim etmoqda:

  1. Engineering: Undergraduate & Masters Virtual Internship (batafsil bu yerda)
  2. Go-To-Market: Undergraduate & Masters Virtual Internship (batafsil bu yerda)
  3. Go-To-Market: MBA Virtual Internship (batafsil bu yerda)

Bu amaliyot dasturlari o’z yo’nalishidan kelib chiqib turli mavzularda bilimlaringizni mustahkamlash va amaliy tajriba orttirish imkonini beradi. Har bir amaliyot dasturi tarkibi, topshiriqlari va shartlari bilan ro’yxatdan o’tgach tanishishingiz mumkin. Amaliyot dasturlari onlayn tarzda olib boriladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr va magistratura talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Virtual amaliyot dasturida ishtirok etib, dasturni muvaffaqiyatli tamomlasangiz, sizga sertifikat beriladi. Bu sertifikat LinkedIn profilingiz, rezyume yoki CV da ko’rsatilishi yoki undan Microsoft kompaniyasi amaliyot dasturini tamomlaganligingizni isbotlash uchun boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin. Dasturda ishtirok etish orqali bilimlaringizni mustahkamlab olasiz va yangi ko’nikmalar shakllantirasiz.

Talablar:

  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi va ingliz tilida beriladigan yo’riqnoma hamda topshiriqlarni qiyinchiliksiz tushunishi kerak. Topshiriqlarni bajarishda ham ingliz tilini yaxshi o’zlashtirganlik talab etiladi.
  • Nomzod bakalavr yoki magistratura yoki MBA kursi talabasi bo’lishi kerak. Dasturda ishtirok etish uchun bilimlaringiz har bir virtual amaliyot dasturining maqsadi va yo’nalishiga mos bo’lishi kerak.
  • Dasturda tamomlab, topshirishingiz uchun turli topshiriqlar va ularni qanday bajarish tushuntirilgan video darslar bo’ladi. Siz ularni o’zingizga qulay vaqtda bajarishingiz zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturda ishtirok etish uchun istalgan vaqtda ariza berishingiz mumkin. Arizalar bu yerda beriladi. Ariza berish uchun sahifadagi kerakli amaliyot dasturini tanlab, ro’yxatdan o’tish kerak.

Dastur to’g’risida ko’p so’raladigan savollar va ularga javoblar bilan tanishib chiqish uchun bu yerga bosing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!