×

Microsoft Office va Adobe dasturlari bo‘yicha milliy chempionat!


Grant

MUHLAT

15.06.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'QILGAN

1739 marta

IT Park va Certiport xalqaro test markazi 2023-yil 10-aprelda imzolangan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum doirasida Microsoft Office va Adobe tanlovining milliy bosqichi uchun arizalarni saralash boshlanganini e’lon qilindi.

Microsoft Office va Adobe – bu Microsoft ofis ilovalari va Adobe dasturlari bilan ishlash koʻnikmalarini sinovdan oʻtkazadigan global musobaqa hisoblanadi. Ba‘zi mamlakatlarda yoki mintaqalarda talabalar birinchi milliy bosqichda ishtirok etishlari shart, uning natijalariga ko‘ra eng yaxshi talabalar o‘z mamlakatlarini jahon chempionatida namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Hujjatlar 2023-yil 15-iyunga qadar qabul qilinadi. Biroq, xalqaro chempionat ishtirokchisiga aylanish uchun 15-iyungacha sertifikatga ega bo‘lish kerak. 15-iyundan keyin sertifikat olgan talabalar AQShda bo‘lib o‘tadigan xalqaro chempionatda ishtirok eta olmaydi.

Grant kimlar uchun?

13-22 yoshlilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Milliy chempionat g‘oliblarini uchun mukodotlar quyidagilardan iborat:

  • 1-o‘rin: $ 4 999, kubok, Microsoft yoki Adobe xalqaro sertifikati;
  • 2-o‘rin: $ 2499, medal, Microsoft yoki Adobe xalqaro sertifikati;
  • 3-o‘rin: $ 999, medal, Microsoft yoki Adobe xalqaro sertifikati.

Bosqich natijalariga ko‘ra, 2023-yil 30-iyul kuni AQSHning Orlando shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro turnirda ishtirok etish uchun 13 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan 6 nafar nomzod saralab olinadi.

AQSHda boʻlib oʻtgan xalqaro chempionat gʻoliblarini pul mukofotlari kutmoqda:

  • 1-o‘rin: 8 000 AQSh dollari;
  • 2-o‘rin: 4 000 AQSh dollari;
  • 3-o‘rin: 2 000 AQSh dollari.

Tanlov ishtirokchilarining barcha yoʻl va ishtirok xarajatlari Certiport xalqaro test markazi tomonidan qoplanadi. Bundan tashqari, xalqaro IT sertifikatiga ega boʻlgach, siz oʻqish va imtihon xarajatlari uchun 50% gacha kompensatsiya olishingiz mumkin. Kompensatsiya olish boʻyicha tafsilotlar: https://it-istedod.uz/index-ru

Talablar:

Tanlovda 13-22 yoshli Oʻzbekiston fuqarolari va rezidentlari qatnashishi mumkin.

Xalqaro tanlov ishtirokchisiga aylanish uchun 2023-yil 15-iyungacha Certiport test markazida Microsoft Certified Educator va Adobe Certified Educator sertifikatlariga ega bo’lish lozim.

O‘quv qo‘llanmalari, amaliyot testi va imtihon vaucheri xalqaro sertifikat olish imkoniyatini oshirishga yordam beradi. Bu materiallarning barchasini 500 ming so‘mga xarid qilishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2023-yil 15-iyunga qadar qabul qilinadi. Biroq, xalqaro chempionat ishtirokchisiga aylanish uchun 15-iyungacha sertifikatga ega bo‘lish kerak. 15-iyundan keyin sertifikat olgan talabalar AQShda bo‘lib o‘tadigan xalqaro chempionatda ishtirok eta olmaydi.

Chempionat uchun BU YERDA roʻyxatdan oʻtish mumkin.

MUHIM: Ariza topshirishdan avval rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: +99895 6818686

Telegram orqali bog‘lanish: certification_trainings_bot

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!