×

Milano Fashion Institute: magistratura kursi uchun 50 foizlik grant dasturi


Grant

MUHLAT

27.11.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Italiya

O'QILGAN

1842 marta

Italiyaning Milan shahrida joylashgan Milano Fashion Institute oliygohi International masters scholarships grant dasturi orqali magistratura bosqichida o’qishni rejalashtirayotgan talabalarga o’zining grant o’rinlarini taklif etadi. Ushbu grant dasturi Milano Fashion Institute oliygohida o’qitiladigan magistratura yo’nalishlari uchun ajratilgan. Grant dasturidan asosiy maqsad shu kurslarga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabalar magistratura kursi kontrakt to’lovining 50% dan ozod etiladi. Grantni har yili olish uchun talabaning o’qishi pasayib ketmasligi kerak. 

Milano Fashion Institute oliygohi magistratura bosqichi to’lov kontraktlari haqida ma’lumot bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin. 

Talablar:

Grant yutib olish uchun quyidagi talablarga eng mos nomzod bo’lish lozim: 

  • Nomzod Milano Fashion Institute oliygohining magistratura kurslaridan biriga hujjat topshirishi va qabul qilinishi kerak. Magistratura kursi qabul talablari bilan bu yerda to’liq ma’lumot olishingiz mumkin. 
  • Nomzod bakalavr bosqichini a’lo baholarga tamomlagan bo’lishi lozim. Grant miqdori o’zlashtirilgan ta’lim baholari asosida belgilanadi. 
  • Ijtimoiy faol, jamoat ishlarida tashabbuskorligini tasdiqlovchi maxsus sertifikatlarga egaligi maqsadga muvofiq. 
  • Ingliz tili bilim darajasini ko’rsatuvchi IELTS 6 ball, TOEFL IBT 79 ball sertifikatlarini taqdim etishlari lozim. Til talablari haqida to’liq ma’lumotni bu yerda bilib olishingiz mumkin.  

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutib olish uchun alohida ariza topshirilmaydi, Milano Fashion Institute oliygohi magistratura kurslaridan biriga hujjat topshirish kifoya. Kursga hujjatlar bu yerda 2021-yil 27-noyabrigacha qabul qilinadi. Hujjat topshirayotganda quyidagi hujjatlar kerak bo’ladi: 

  • Akademik resume
  • Bundan oldingi ta’lim bosqichi baholar ro’yxati
  • Taqdirlangan sertifikatlar 
  • Pasport nusxasi
  • 2 ta akademik tavsiyanoma.  

Hujjatlar ingliz tilida bo’lishi lozim. Agar hujjat boshqa tilda bo’lsa, notarius orqali tayyorlangan rasmiy tarjimasi topshiriladi.

Qo’shimcha ma’lumot uchun info@milanofashioninstitute.it  elektron manziliga yoki +390230316640 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!