×

Minerva Business School: AQSh biznes oliygohida bakalavr kurslar – grantlar mavjud; IELTS, TOEFL, SAT, ACT testlari talab qilinmaydi


Grant

MUHLAT

15.03.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

3487 marta

AQShning Kaliforniya shahridagi Minerva Business School dasturining bakalavr kurslari va shu kurslar uchun ajratilgan grantlarga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar o’qishga hujjat topshirgan talabalar ichida moliyaviy yordamga ehtiyoji mavjud nomzodlarga belgilanadi. Universitetning 4 yillik bakalavr kursi haqida bu yerda batafsil tanishishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Minerva universitetida kontrakt to’lovi AQShning bunday nufuzli universitetlariga taqqoslaganda ancha past – yiliga taxminan 28-32 ming AQSh dollarini tashkil qiladi. Hujjat topshirgan va qabul qilingan talabalarga moliyaviy ehtiyojidan kelib chiqib ma’lum miqdorda grant belgilanadi. Grant miqdori har bir nomzod uchun individual tarzda belgilanadi va hujjat topshirish vaqtida aniq miqdor ko’rsatilmaydi, lekin grantlar nomzodning ehtiyojiga mos ravishda hisoblanadi.

Talablar:

  • Nomzod maktab, litsey yoki kollejni tamomlagan bo’lishi kerak.
  • Nomzod shijoatli, katta maqsadlarga va ishtiyoqqa ekan, bilimga chanqoq, dunyoqarashi keng shaxs bo’lishi kerak.
  • Ariza topshirgan nomzodlar imtihondan o’tkaziladi, shuning uchun IELTS, TOEFL, SAT, ACT kabi test natijalarini topshirish shart emas. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak va bu qabul vaqtida universitet tomonidan tekshiriladi. Batafsil
  • Bakalavr diplomiga ega, ilgari oliy ta’lim muassasasida o’qigan nomzodlarga grant berilmaydi.

Dasturga qabul jarayoni:

2021-yil kuzda boshlanadigan bakalavr kursi va grantga ariza bir-biridan alohida topshiriladi.

Bakalavr kursiga hujjatlar 15-martgacha qabul qilinadi. Bu o’quv yili uchun oxirgi qabul bo’ladi. Arizani bu yerda boshlashingiz mumkin. Hujjat topshirish uchun ariza to’lovi mavjud emas.

Grantga arizani faqat kursga hujjat topshirgandan keyin to’ldirish mumkin. Bakalavrga ariza topshirgach, grantga aloqador hujjatlarni shu tizimga yuklash kerak. Grantga hujjatlar 22-martgacha topshiriladi. Grantga kerakli hujjatlar:

  1. 2021-yil kuz uchun CSS Profile.
  2. Minerva’s Financial Aid Questionnaire” .
  3. Daromad va soliqlar haqida hujjatlar.
  4. Oxirgi 12 oy uchun “bank statement”. Bu hujjatlar va ularni topshirish tartibi haqida batafsil bu yerda o’qing.

Savollaringiz bo’lsa, savol-javoblar (FAQ) bilan tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!