×

Misr: Yoshlar fan yarmarkasi; pul mukofoti va sovgʻalar!


Grant

MUHLAT

15.10.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Misr

O'QILGAN

2572 marta

Misrning Egypt International Science and Technology Fair (EISTF) tashkiloti tomonidan Sharm El Sheikh shahrida tashkillashtirilyotgan fan yarmarkasiga arizalar qabul qilinmoqda. Yarmarka 14-21 yoshdagi, hali oliy ta’lim bosqichiga oʻqishga kirmagan yoshlar uchun moʻljallangan boʻlib, uning maqsadi ilm-fan taraqqiyotiga xissa qoʻshish uchun izlanayotgan va turl ixtirolar qilayotgan yoshlarni ragʻbatlantirish. Yarmarkada yoshlar ilm-fanga oid loyihalari, ixtiro va gʻoyalari bilan ishtirok etishlari mumkin. Misrning oʻzidan 150 ta loyiha va 200 qatnashchiga, dunyoning boshqa hududlari uchun esa har bir davlatdan 10 dan ortiq ishtirokchiga oʻrin ajratilgan. Yarmarkaga quyidagi yonalishlar boʻyicha ixtirolar qabul qilinadi:

  • Animal Sciences
  • Behavioral and Social Sciences
  • Biochemistry
  • Biomedical and Health Sciences
  • Cellular and Molecular Biology
  • Chemistry
  • Computational Biology and Bioinformatics
  • Earth and Environmental Sciences
  • Embedded Systems
  • Energy: Chemical
  • Energy: Physical
  • Engineering Mechanics
  • Environmental Engineering
  • Materials Science
  • Mathematics
  • Microbiology
  • Physics and Astronomy
  • Plant Sciences
  • Robotics and Intelligent Machines
  • Systems Software

Grant kimlar uchun?

14-21 yoshdagi oʻquvchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Yarmarkaning asosiy mukofot jamgʻarmasi 2018-yilda 10000 AQSh dollarini tashkil etgan. Bu mukofot gʻoliblar oʻrtasida taqsimlangan. 2019-yilgi yarmarkaning mukofot jamgʻarmasi haqida hali aniq ma’lumotga ega emasmiz.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Dasturda barcha davlatlar fuqarolari qatnashishlari mumkin.
  2. Nomzodlarning yoshi 14-21 oraligʻida boʻlishi kerak.
  3. Nomzodlar hali bakalavr bosqichiga oʻqishga kirmagan boʻlishlari, maktab yoki kollej/litseyda tahsil olayotga boʻlishlari kerak.
  4. Yarmarkada yakka tartibda yok ikki-uch kishilik guruhlarda ishtirok etish mumkin.
  5. Bir shaxs bittadan ortiq loyihada ishtirokchi sifatida qatnashishi mumkin emas.
  6. Nomzodlar guruh sifatida ishtirok etishayotgan boʻlsa, yarmarkaning turli bosqichlarida guruh a’zolarini almashtirishlari mumkin emas.

Dasturga qabul jarayoni:

Dedlayn – taxminan 15-sentabrdan 15-oktabrgacha. Hozir platforma yopiq va u tez orada ochiladi.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

Yarmarkada qatnashish uchun onlayn ariza topshirish kerak. Ariza topshirish jarayonida onlayn formada soʻralgan ma’lumotlarni aniq koʻrsatish zarur.  Buning uchun shu yerga kirib, sahifadan “Registration” tugmasini topib, shu yerga kirgach, “foreign students” deb yozilgan qismi orqali ariza topshirishni boshlash mumkin.

Ma’lumot uchun rasmiy saytdagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishingiz yoki  info@egy-ase.org elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!