×

Misr: Ingliz tili oʻqituvchilari uchun 24 haftalik stajirovka dasturi; bepul oziq-ovqat, turar joy va stipendiya – 180 AQSh dollar!


Grant

MUHLAT

30.07.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Misr

O'QILGAN

2889 marta

Xalqaro AIESEC tashkiloti va Msrning Tanta shahrida joylashgan EF academy oʻquv markazi 18-30 yoshli ingliz tili oʻqituvchilarini English Teacher in Tanta/Teaching Stajirovka dasturida qatnashishga taklif etadi. Dastur 24 hafta davomida EF Academyda oʻqituvchi boʻlib ishlash imkonini beradi. Dasturda qatnashuvchilar 10 dan 18 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlarga ingliz tilidan dars berishlari kutilmoqda.

Dasturda qatnashuvchi nomzod quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • Teach teenagers from 10 to 18 years old.
  • Put the weekly lesson plan.
  • Following creative ways in teaching .
  • Classroom management.
  • A caring , flexible and professional teacher is needed.

Grant kimlar uchun?

18 dan 30 yoshgacha ingliz tili oʻqituvchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda ishtirok etish inkoniyatiga ega boʻlgan nomzodlarga 24 hafta davomida bepul turar joy va oziq-ovqat ajratiladi hamda oylik 3 000 EGP (taxminan 180,86 USD) stipendiya beriladi.

Dastur nomzodning transport, tibbiy sugʻurta kabi xarajatlarini qoplamaydi. Ularni amaliyotchining oʻzi toʻlaydi

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  • Nomzod 18 dan 30 yoshgacha boʻlishi kerak.
  • Nomzod ingliz tili oʻqituvchisi boʻlishi yoki shu tilda dars bera olishi zarur.
  • Nomzod Languages, Education sohalari boʻyicha Associate Degree/Bachelor/High School/Masters yoki boshqa Tertiary Education diplomiga ega boʻlishi zarur.
  • Nomzod Language Teaching, Presentation Skills, Creativity koʻnikmalariga ega boʻlishi va kompyuterda ishlay olishi shart.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Dasturda qatnashish uchun ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi koʻrsatilmagan, ammo taxminan CEFR B2-C1 boʻlishi talab qilinadi.
  • Dastur tugaganda nomzod oʻz vataniga qaytib ketishi kerak.
  • Nomzod viza talablariga javob berishi lozim. Bu grantga 3 oylik sayyohlik vizasi rasmiylashtirish zarur. Viza soʻrovi uchun: shu yerga murojaat qiling.

Dasturga qabul jarayoni:

  1. Dasturga hujjatlarni qabul qilish 2019-yil 30-iyulgacha.
  2. Hujjat topshirish uchun avval AIESEC saytidan account ochish kerak. Yodda tuting: accountni toʻliq toʻldirmasdan turib stajirovkaga ariza berib boʻlmaydi! Account chala toʻldirilgan holda stajirovkaga ariza berilganda tizim “Unfortunately, you do not meet the required criteria for this opportunity” (“Afsus, siz bu lavozim talablariga javob bera olmaysiz”) deb javob beradi. Shuning uchun accountni maksimal darajada toʻliq va toʻgʻri toʻldirishingi shart.
  3. Account ochish, toʻldirish va ariza berish yoʻriqnomasi: shu yerda. Ariza topshirishni boshlashdan avval ma’lumotni diqqat bilan oʻqib chiqing.
  4. Hujjat topshirishdan avval: barcha talablar bilan batafsil tanishib chiqing.
  5. Agar ma’lumotlaringiz talablarga javob bersa, ariza toʻldirish uchun “Apply now” yozuvini bosib, jarayonni boshlaysiz.

Ariza toʻldirayotganingizda quyidagi ma’lumotlar soʻraladi:

Bu grantning ariza sahifasida 5-6 bosqichli interfeys ochiladi:

  • Shaxsiy ma’lumotlar. Skills (koʻnikmalar).
  • Oʻqigan ta’lim muassasasi haqida ma’lumot.
  • Tillarni qay darajada bilishi haqida ma’lumot.
  • Experience. Ya’ni, qayerda, qancha vaqt ishlaganingiz haqida ma’lumot.
  • Arizaning 5-bosqichida “Siz nima uchun bu lavozimga munosibman, deb oʻylaysiz?” mazmunida savol yoki 3-8 daqiqali test berilgan. Savolga javob bering yoki testni ishlang va “Apply”ni bosing.

Muhim:

  • Ma’lumotlar toʻliq mos kelganda shunchaki koʻrsatilgan (skills, education, academic expirients va hokazo) ma’lumotlarni tasdiqlash va “Next”ni bosib keyingi bosqichga oʻtish lozim.
  • Hujjatlarni elektron pochta orqali joʻnatmang!
  • Nomzodlar bilan suhbat oʻtkazilishi mumkin.
  • Dastur yuzasidan savollar tugʻilganda tashkilotchining rasmiy yordam sahifasidan yoki AIESECning Tantadagi vakili: elnewehy@aiesec.net manzili orqali ma’lumot olishingiz mumkin.

Nomzodlarni saralash ularning sohaga oid bilim, malaka va koʻnikmalari, kasbiy tajribasi, til bilish darajasi , test va suhbat kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Murojaat uchun: onlayn chat; saif.elnewehy@aiesec.net

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!