×

Misr: Mukofot jamg’armasi 15 000 AQSh dollari bo’lgan tanlov


Grant

MUHLAT

14.08.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Misr

O'QILGAN

3752 marta

Hozirda tabiatni muhofaza qilish muhim masalalardan biriga aylandi, tabiatga keltirilgan jiddiy zararlar sababli dunyo bo’ylab ko’plab hududlar himoya ostiga olindi. Bu hududlarni asrash uchun moddiy ta’minot taqchilligi esa jiddiy muammo bo’lib qoldi. Tabiatni asrash yo’lidagi harakatlarni rag’batlantirish maqsadida dunyoning 4 yirik tashkilotlari tomonidan Pathfinder Award mukofoti ta’sis etilgan. Hozirda bu mukofot uchun arizalar qabul qilinmoqda. Bu yilgi mukofot himoya ostiga olingan hududlarni muhofaza qilishni moliyalashtirishda innovatsiya qil(ayot)gan shaxs yoki tashkilotlarni taqdirlaydi. Himoyaga olingan hududlarga moddiy jihatdan madad beruvchi innovativ yechimlar o’zida quyidagilarni aks ettirishi zarur:

  1. Maxsus hududlarni barqaror ta’minlashdagi muvaffaqiyat- ya’ni, bir yoki bir nechta himoyaga olingan hududlarni moddiy qo’llab-quvvatlash uchun innovativ usullarni tatbiq etish.
  2. Bunday hududlar uchun yangi va qo’shimcha zahira va foyda manbalarini yaratish.
  3. Himoyalangan hududlarning moddiy foyda va zahiralarini salmoqli darajada oshirish.
  4. Muvaffaqqiyatli foyda va zahiralarni keltirib chiqaruvchi hamkorliklar orqali himoyalangan hududlarni muhofaza qilishga hissa qo’shish.
  5. Zahiralardan to’g’ri foydalanish uchun yangi texnologiyalardan foydalanish.
  6. Himoyalangan hududlarga investitsiya jalb qilishni boshqarish.

G’oliblarni taqdirlash marosimi Misrning Sharm Al-Shayx shahrida, 2018-yil 17-29-noyabr kunlari bo’lib o’tadi.

Grant kimlar uchun?

Tabiatni muhofaza qilishni moliyalashtirayotgan shaxs yoki tashkilotlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Mukofot 5 tagacha g’oliblarni taqdirlaydi. Eng munosib deb topilgan 1 nafar asosiy g’olib shaxs yoki tashkilotga 10 000 AQSh dollari miqdoridagi mukofot pul ko’rinishida topshiriladi. Bir nafar ikkinchi o’rinni olgan shaxs yoki tashkilotga 2 000 AQSh dollari taqdim etiladi, uchtagacha uchinchi o’rin sovrindorlarining har biri 1 000 AQSh dollari bilan taqdirlanadilar. Undan tashqari g’oliblarga esdalik sovg’alar berilib, taqdirlash marosimiga taklif etiladilar.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo’lishlari zarur:

  1. Nomzodlar muhofazaga olingan hududlarga aloqador shaxs yoki tashkilot bo’lishlari shart (masalan,
    inspektorlar, park boshqaruvchilari, direktorlar, mahalliy rahbarlar, jamoat a’zolari va advokatlar).
  2. Nomzodlar taklif qilayotgan yechim sinalgan bo’lishi zarur.
  3. Nomzodlar ishlayotgan muhofazaga olingan hududlarning joylashuvi yoki egalik shakliga oid cheklovlar yo’q. nomzodlar istalgan muhofazaga oligan tabiiy hudud misolida yechim taqdim etishlari mumkin.
  4. Hali amalga tatbiq qilib ko’rilmagan g’oyalar mukofot uchun ko’rib chiqilmaydi.

Dasturga qabul jarayoni:

Mukofot uchun nominatsiyalar onlayn tarzda topshiriladi. Ariza topshirish onlayn ariza to’ldirish va nomzodning muhofaza ostidagi hududlarni moddiy qo’llab-quvvatlashda kiritgan innovatsiyasini ifodalovchi qismdan iborat. Keyingi qismga o’tish uchun avval onlayn arizani muvaffaqiyatli to’ldirish zarur. Arizaning ikkala qismi ham 2018-yil 14-avgustgacha to’ldirilishi shart.

Dasturga qabul jarayoni

Barcha arizalar to’rtta mezon asosida baholanadi:

  1. Yechimning Mukofotda ko’rsatilgan yo’nalishlarga aloqadorligi.
  2. Yechimning innovatsionlik darajasi.
  3. Yechimning ta’siri. Mukofot uchun da’vogar nomzodlarning muhofazalangan hududlarni moddiy ta’minlashdagi moddiy muammolarga taklif etayotgan yechimlari biror yoki bir nechta shunday hududlarda sinalgan va ijobiy ta’sir ko’rsatgan bo’lishi zarur.
  4. Yechimning muhimligi: yechimlar quyidagilardan biriga mos bo’lishi kerak:
  5. a) muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni moliyalashtirish yoki resurslarni jalb qilishda erishilgan yutuqlari.
  6. b) muhofaza qilinadigan hududlarni moliyalashtirish yoki resurslarni qayta tiklash bo’yicha barqaror yechimlar topishga bag’ishlangan jiddiy harakatlar; yoki
  7. c) o’zgarishlarni yaratishga va boshqalar uchun namuna rolida xizmat qilishga qo’shilgan ulkan katta hissa.

Eslatmalar

  • G’oliblar 2018-yil sentabr oxirida e’lon qilinadi.
  • Ma’lumot, savol yoki texnik muammolar haqida xabar qilish uchun: pathfinderaward@undp.org.
  • Mukofot haqidagi to’liq ma’lumot berilgan posterni bu yerdan yuklab oling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!