×

Misr: Tanta shahrida ingliz tili oʻqituvchilari uchun 24 haftalik stajirovka dasturi; bepul oziq-ovqat, turar joy va stipendiya –


Grant

MUHLAT

30.07.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Misr

O'QILGAN

2442 marta

Xalqaro AIESEC tashkiloti ingliz tili oʻqituvchilarini Stajirovka dasturida qatnashishga taklif etadi. Dastur 24 hafta davomida Misrning Tanta shahrida joylashgan EP Academyda oʻqituvchi boʻlib ishlash imkonini beradi. Dasturda qatnashuvchilar 10 dan 18 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlarga ingliz tilidan dars berishlari kutilmoqda.

Grant kimlar uchun?

Ingliz tili oʻqituvchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda ishtirok etish inkoniyatiga ega boʻlgan nomzodlarga 24 hafta davomida bepul turar joy va oziq ovqat ajratiladi hamda oylik 2 500 EGP (taxminan 149 USD) stipendiya beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  • 18 dan 30 yoshgacha nomzodlar ariza bera oladi.
  • Nomzod ingliz tili oʻqituvchisi boʻlishi zarur.
  • Nomzod kamida bakalavr darajasi egasi boʻlishi lozim.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Dasturda qatnashish uchun ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi koʻrsatilmagan, ammo taxminan CEFR B2 boʻlishi talab qilinadi.
  • Dastur tugaganda nomzod oʻz vataniga qaytib ketishi kerak.
  • Nomzod viza talablariga javob berishi lozim. Viza soʻrovi uchun: shu yerga murojaat qiling.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga hujjatlarni qabul qilish 2019-yil 30-iyulgacha. Hujjat topshirish uchun ariza onlayn tarzda toʻldirilishi lozim. Hujjat topshirishdan avval: barcha talablar bilan batafsil tanishib chiqing.

Hujjatlar tarkibi:

Onlayn toʻldirilgan ariza. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilib tizimga yuklanadi:

  • Pasport nusxasi.
  • Bakalavr/magistr diplomi va diplom ilovasi. Ingliz tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan nusxasi topshiriladi.
  • IELTS yoki TOEFL sertifikati.
  • Tibbiy ma’lumotnoma.

Barcha hujjatlar tizimga yuklanadi. Hujjatlarni elektron pochta orqali joʻnatmang! Dastur yuzasidan savollar tugʻilganda  tashkilotchining rasmiy yordam sahifasidan yoki AIESECning Tantadagi vakili: saif.elnewehy@aiesec.netdan ma’lumot olishingiz mumkin.

Nomzodlarni saralash ularning a’lo baholari, sohaga olid bilim, malaka va koʻnikmalari, kasbiy tajribasi, til bilish darajasi kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Murojaat uchun: onlayn chat; saif.elnewehy@aiesec.net

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!