×

Misr: yoshlar fan yarmarkasi; mukofot jamg’armasi – 10000 AQSh dollari va sovg’alar!


Grant

MUHLAT

15.10.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Misr

O'QILGAN

3179 marta

Misrning Sharm El Sheikh shahrida tashkillashtirilyotgan fan yarmarkasiga arizalar qabul qilinmoqda. Yarmarka 14-21 yoshdagi, hali oliy ta’lim bosqichiga o’qishga kirmagan yoshlar uchun mo’ljallangan bo’lib, uning maqsadi ilm-fan taraqqiyotiga xissa qo’shish uchun izlanayotgan va turl ixtirolar qilayotgan yoshlarni rag’batlantirish. Yarmarkada yoshlar ilm-fanga oid loyihalari, ixtiro va g’oyalari bilan ishtirok etishlari mumkin. Misrning o’zidan 150 ta loyiha va 200 qatnashchiga, dunyoning boshqa hududlari uchun esa 100 ishtirokchi va 75 ta loyihaga o’rin ajratilgan. Yarmarkaga quyidagi yonalishlar bo’yicha ixtirolar qabul qilinadi:

  • Animal Sciences
  • Behavioral and Social Sciences
  • Biochemistry
  • Biomedical and Health Sciences
  • Cellular and Molecular Biology
  • Chemistry
  • Computational Biology and Bioinformatics
  • Earth and Environmental Sciences
  • Embedded Systems
  • Energy: Chemical
  • Energy: Physical
  • Engineering Mechanics
  • Environmental Engineering
  • Materials Science
  • Mathematics
  • Microbiology
  • Physics and Astronomy
  • Plant Sciences
  • Robotics and Intelligent Machines
  • Systems Software

Grant kimlar uchun?

14-21 yoshdagi o’quvchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Yarmarkaning asosiy mukofot jamg’armasi 10000 AQSh dollarini tashkil etadi. Bu mukofot g’oliblar o’rtasida quyidagicha taqsmlanadi:

  1. Birinchi o’rin g’olibi uchun – 1500 AQSh dollar pul mukofoti beriladi.
  2. Ikkinchi o’rin g’olibiga 1000 AQSh dollari pul mukofoti beriladi.
  3. Uchinchi va to’rtinchi o’rin sohiblarining har biriga 500 AQSh dollaridan pul mukofoti beriladi.

Ya’ni, yarmarkadagi eng yaxshi deb topilgan 4 nafar loyiha egalari pul mukofotlari bilan tadirlanadilar. Undan tahshqari, yarmarkadagi har bir yo’nalish bo’yicha birinchi o’rin g’oliblariga ham pul mukofotlari topshiriladi. Kategoriyalar bo’yicha ikkinchi va uchinchi o’rin sohiblari esa esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadilar. Yarmarkaning maxsus mukofotlari ham bo’lib, ular turli nominatsiyalar bo’yicha topshiriladi.

Talablar:

Yarmarkada quyidagi talablarga eng mos qatnashchilar ishtirok etishlari mumkin:

  1. Nomzodlarning yoshi 14-21 oralig’ida bo’lishi kerak.
  2. Nomzodlar hali bakalavr bosqichiga o’qishga kirmagan bo’lishlari, maktab yoki kollej/litseyda tahsil olayotga bo’lishlari kerak.

Yarmarkada yakka tartibda yok ikki-uch kishilik guruhlarda ishtirok etish mumkin. Bir shaxs bittadan ortiq loyihada ishtirokchi sifatida qatnashishi mumkin emas. Nomzodlar guruh sifatida ishtirok etishayotgan bo’lsa, yarmarkaning turli bosqichlarida guruh a’zolarini almashtirishlari mumkin emas.

Dasturga qabul jarayoni:

Yarmarkada qatnashish uchun onlayn ariza topshirish kerak. Ariza topshirish jarayonida onlayn formada so’ralgan ma’lumotlarni aniq ko’rsatish zarur.  Buning uchun bu yerga kirib, sahifadan “Registration” tugmasini topib, shu yerga kirgach, “foreign students” deb yozilgan qismi orqali ariza topshirishni boshlash mumkin.

Ma’lumot uchun rasmiy saytdagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishingiz yoki  info@egy-ase.org elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!