×

Melburn universiteti: Universitet kurslari uchun 25%dan 100%gacha qoplanadigan 50ta grant


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

5443 marta

Avstraliyaning Melburn universiteti (University of Melbourne) universiteti har yili univeristetning bakalavrni bitirib, Graduate Coursework Degree dasturlaridan biriga hujjat topshiruvchi nomzodlar uchun Melbourne Graduate Scholarship grant dasturini taqdim etib kelmoqda. Ushbu dastur maqsadi – iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

O’qish sohasi: Quyidagi yo’nalishlardan biriga topshirgan nomzodlar avtomatik tarzda grant uchun ham nomzod hisoblanadi:

  • Agriculture, animal studies, food science and veterinary science;
  • Architecture, building and planning;
  • Commerce, economics and management;
  • Computing and Information;
  • Education, teaching and training;
  • Engineering;
  • Historical, philosophical, political and social studies;
  • Language, literature and cultural studies;
  • Law, legal studies and criminology;
  • Sciences and mathematics.

Grantga qabul qilinishi rejalashtirilgan talabalr soni: Har yili 50 nafar atrofida talabaga grant ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavrlik diplomiga ega shaxslar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Yuqorida sanab o’tilgan sohalardan biriga hujjat topshirgan talabalar orasidan munosiblari saralab olingach, ko’rsatkichlariga qarab ular umumiy kontrakt summasining 25 foizidan 100 foizigacha bo’lgan miqdorini to’lashdan ozod etiladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  • Nomzod Avstraliya va Yangi Zelandiya fuqarosi yoki shu davlatlarda doimiy yashovchi (permanent resident) bo’lmasligi kerak;
  • Nomzod bakalavrlik diplomiga ega bo’lishi kerak;
  • Yuqorida sanab o’tilgan sohalardan biriga hujjat topshirishi kerak;
  • Melburn universitetida oldin o’qimagan bo’lishi kerak;
  • Boshqa tashkilotlardan ham grant olayotgan bo’lsa, uning miqdori Melburn universiteti tomonidan ajratilgan grant bilan qo’shilganda kontrakt summasining 100 foizidan oshib ketmasligi kerak;
  • Oxirgi 2 yil ichida Avstraliya hukumati tomonidan ajratilgan grantlarni qo’lga kiritmagan bo’lishi kerak.

Nomzodlar shaxsiy ko’rsatkichlari asosida saralab olinadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Ushbu dasturga alohida ariza yoki boshqa turdagi hujjat topshirish shart emas. Yuqorida ko’rsatilgan sohalardan biriga hujjat topshirgan nomzod avtomatik tarzda grantga ham hujjat topshirgan hisoblanadi. Kurslarning davomiyligi 6 oy.

Grant ajratiladigan kurslar quyidagilar:

  • Any Master degree by coursework offered by the Melbourne Business School, Melbourne School of Design and Melbourne School of Engineering
  • Master of Science in BioSciences, Chemistry, Earth Sciences, Ecosystem Science, Mathematics & Statistics, and Physics, Master of Biotechnology, Master of Data Science, Master of Environmental Science, Master of Geography, Master of Geoscience, Master of Urban Horticulture and the Master of Forest Ecosystem Science offered by the Faculty of Science.
  • Master of Teaching offered by the Melbourne Graduate School of Education
  • Executive Master of Arts, Master of Translation and Master of International Journalism offered by the Graduate School of Humanities and Social Sciences
  • Graduate Certificate of Public Administration offered by the Melbourne School of Government
  • Melbourne Law Masters offered by the Melbourne Law School

Graduate Course dasturlari va ularga qo’yilgan talablari bilan SHU YERDA kirib, kerakli kursni tanlash orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

Ariza topshirish muhlatlari kurslarga qarab farq qiladi. Nomzod ushbu muhlat bilan mustaqil tanishib olishi kerak.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!