×

Model OSCE-2021: Issiqkoʻlda 1 haftalik konferensiya; barcha xarajatlar qoplanadi!


Grant

MUHLAT

19.09.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Qirg'iziston

O'QILGAN

5090 marta

Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (OSCE) Qirgʻizistondagi Issiqkoʻlda Model OSCE-2021 konferensiyasini (simulyatsiya) tashkillashtirmoqda. Konferensiya 2021-yilning 27-sentabridan 2-oktabrigacha boʻlib oʻtadi. Konferensiya boʻlajak qaror qabul qiluvchilar va faollarni koʻp tarmoqli muassasalar qanday ishlashi haqida tasavvur bilan taʼminlash maqsadida tashkillashtirilmoqda.

Konferensiya 1975-yildagi Helsinki bitimi asosidagi simulyatsiya mashqi sifatida oʻtkaziladi. Shuningdek, ishtirokchilar muzokara va diplomatiya boʻyicha brifinglar, mashqlar va interaktiv seanslarda qatnashadi, xalqaro va mahalliy ekspertlardan bilim oladi va Bishkekdagi OSCE dasturi idorasi xodimlari bilan uchrashadi.

Grant kimlar uchun?

30 yoshdan kichik nomzodlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu konferensiyada qatnashish bilan bog’liq barcha xarajatlar tashkilotchilar tomonidan qoplab beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • 30 yoshdan kichik boʻlishi kerak.
  • OSCE ishtirokchi davlatlaridan birining fuqarosi boʻlishi kerak (Oʻzbekiston bu davlatlar roʻyxatida bor).
  • Ingliz tilida ravon muloqot qila olishi kerak.
  • Butun tadbir davomida Qirgʻizistonda boʻla olishi kerak.
  • Magistratura, PhD bosqichi talabalari va yosh muxatassisliklarga ustunlik beriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar 2021-yil 19-sentabr, soat 22:59 ga qadar qabul qilinadi. Nomzodlar USHBU ARIZANI toʻldirib, koʻrsatilgan sanaga qadar topshirishi lozim. Qabul qilingan nomzodlarga 20-sentabrda xabar qilinadi.

Savollar yuzasidan youth-poib@osce.org elektron pochtasiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!