×

Model OSCE 2023 for Central Asia: Turkiyada 5 kunlik dastur – barcha xarajatlar qoplanadi!


Grant

MUHLAT

13.08.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Turkiya

O'QILGAN

5403 marta

OSCE akademiyasi Model OSCE 2023 for Central Asia dasturi uchun arizalar qabul qilmoqda. Mazkur tadbir 2023-yil 25-29-sentabr kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida boʻlib oʻtadi. Dastur xavfsizlik va tinchlik masalalariga qaratilgan boʻlib, ishtirokchilar nizolarni hal qilish simulyatsiyasida (OSCE kengashi modeli) ishtirok etadi. Dasturga 18-29 yoshli nomzodlar, jumladan, talabalar va yosh mutaxassislar ariza topshirishi mumkin.

Dasturda ishtirok etish uchun Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmanistondan jami 25 nafar ishtirokchi saralab olinadi.

Tadbir mashgʻulotlari ingliz va rus tillarida olib boriladi.

Grant kimlar uchun?

18-29 yoshlilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Qabul qilingan ishtirokchilarning barcha xarajatlari qoplanadi, ya’ni:

  • Xalqaro va ichki safar xarajatlari qoplanadi.
  • Turar joy va oziq-ovqat bilan ta’minlanadi.

Talablar:

Nomzodlar uchun qoʻyilgan talablar quyidagicha: 

  • Dasturga Markaziy Osiyo, ya’ni Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmanistondan boʻlgan 18-29 yoshli nomzodlar ariza topshirishi mumkin.
  • Oʻz jamiyatining faol va jamoatchilik ishlarida qatnashuvchi aʼzosi boʻlishi hamda OSCE akademiyasi faoliyatiga qiziqishi kerak.
  • Ingliz va rus tillarida erkin muloqot qila olish lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Dastur uchun arizalar onlayn tarzda BU YERDA topshiriladi. Arizalar 2023-yil 13-avgustga qadar qabul qilinadi. Ariza topshirishda CV, shaxsiy fotosurat va bir nechta savollarga 250 so’zli insho yozish so’raladi.

ESLATMA: ariza topshirishdan avval rasmiy e’lon bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!