×

Avstriya: magistratura uchun to’liq va qisman grantlar; joy – 18 ta!


Grant

MUHLAT

15.01.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstriya

O'QILGAN

2141 marta

Avstriyada joylashgan Vena MODUL Universitetining talabalarga moddiy ta’minot dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu dastur MODUL universiteti magistratura kurslariga o’qishga qabul qilingan chet ellik talabalar uchun mo’ljallangan. Moddiy yordam dasturidan maqsad eng umidli va tirishqoq talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlashdir. Dastur doirasida 2019-yilgi kurslar uchun 15 ta qisman va 3 ta to’liq grant ajratilgan.

2019-yilda quyidagi magistratura kurslari uchun grant yutish mumkin:

  1. MSc in International Tourism Management
  2. MSc in Management
  3. MSc in Sustainable Development, Management and Policy
  4. Digital Marketing and Social Media
  5. Entrepreneurship, Innovation and Leadership
  6. Innovation and Experience Design for Tourism
  7. Sustainable Management and Governance.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o'qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur doirasida to’liq grant yutib olgan 3 nafar talabaning har biriga 24000 yevrodan to’liq grant beriladi. 15 nafar talaba esa 12000 yevrodan qisman moddiy ta’minot bilan ta’minlanadi. Magistratura kurslari 2 yil davom etadi va butun kurs uchun kontrakt to’lovi 25000 yevroni tashkil etadi.

Talablar:

Grantlar ko’rsatilgan magistratura kurslariga o’qishga qabul qilingan eng a’lochi va umidli chet ellik (ya’ni Avstriya fuqarosi bo’lmagan va u yerda yashamaydigan) talabalarga beriladi. Magistratura kurslariga qabul talablari quyidagicha:

  1. Nomzod bakalavr darajasiga ega bo’lishi zarur.
  2. Nomzodning baholari yaxshi va a’lo bo’lishi kerak.
  3. Nomzod ingliz tilini kamida C1 darajasida bilishi va buni isbotlovchi IELTS, TOEFL kabi keng miqiyosda tan olingan sertifikatga ega bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga ariza berish uchun bu yerga kirib, quyidagi hujjatlarni tizimga yuklash kerak:

  1. CV.
  2. Bakalavr bosqichidagi baholar.
  3. Motivatsion xat. Grant haqida qayerdan bilib olganingizni ham ko’rsatib o’ting.

Magistratura kursiga hujjatlar ham grant bilan bir vaqtda qabul qilinadi. Kursga qabul uchun kerakli hujjatlar:

  1. Diplom va baholar.
  2. CV.
  3. Motivatsion xat.
  4. Passport nusxasi.
  5. Ikkita tavsiyanoma.
  6. Passport o’lchamidagi fotosurat.
  7. Ingliz tili testi sertifikati.

Yuqoridagi hujjatlarning barchasi ingliz tilida bo’lishi kerak va ularning barchasni taqdim etish shart, lekin diplom va ingliz tili testi natijalari bundan mustasno. Agar nomzod o’qishni endi tamomlayotgan bo’lsa va IELTS, TOEFL kabi test natijasi endi chiqishi kutilayotgan bo’lsa, bu hujjatlarni biroz keyinroq topshirish mumkin. Ingliz tili testidan o’tmagan nomzodlar universitetning ichki til imtihonini topshirishlari ham mumkin. Bu haqida batafsil ma’lumot bu yerda berilgan.

Ilk saralash bosqichidan muvaffaqqiyatli o’tgan nomzodlar suhbatga taklif etiladilar va keyinchalik grantlar taqdim etilgan talabalar e’lon qilinadi.

Ma’lumot uchun  admissions@modul.ac.at elektron manziliga murojaat qilishingiz yoki savol-javoblar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!