×

Money in the Modern World karikaturalar tanlovi: mukofot – 777 AQSh dollari!


Grant

MUHLAT

01.12.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

1225 marta

Ijodkorlar uchun xalqaro Money in the Modern World karikaturalar tanloviga arizalar 1-dekabrgacha qabul qilinmoqda. Tanlovda dunyoning istalgan yeridan bo’lgan, istalgan yosh va millat vakillari ishtirok etishlari mumkin.

Ishtirok etish uchun pulning zamonaviy hayotdagi o’rni haqida karikatura yaratish zarur. Karikatura istalgan usulda tayyorlanishi mumkin. Tanlovga qabul qilingan hamda g’olib deb topilgan karikaturalar galereyasini bu yerdan topishingiz mumkin. 

Grant kimlar uchun?

Barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • 1-o’rin uchun: 777 AQSh dollari va diplom.
  • 2-o’rin uchun: 555 AQSh dollari va diplom.
  • 3-o’rin uchun: 222 AQSh dollari va diplom.
  • Keyingi eng yaxshi 10 ta karikatura uchun: diplom.

Talablar:

  • Tanlovda barcha ishtirok etishi mumkin.
  • Bitta ishtirokchi tomonidan tanlovga uchtagacha karikatura taqdim etilishi mumkin. 
  • Tanlovga taqdim etilgan karikaturalar estetik va estetik talablarga mos bo’lishi, ularda zo’ravonlik, irqchilik, millatchilik, pornografiya kabilar ko’rsatilmasligi shart.
  • Karikaturalar istalgan usulda tayyorlangan bo’lishi mumkin. Formati: JPEG, A4, dpi 300.
  • Karikaturadagi so’zlar ingliz tilida bo’lishi lozim. Karikaturalar, imkon qadar, matnsiz bo’lishi kerak. 
  • Tanlov qoidalari buzilgan taqdirda karikatura ogohlantirishsiz chetlatiladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda ishtirok etish uchun 1-dekabrgacha ariza berish lozim. Natijalar 20-dekabrda e’lon qilinadi. 

Hujjat topshirish uchun Beseder jurnalining Facebook sahifasiga (bu yerda) va saytiga (beseder.ru) karikaturani yuklang. 

Hujjat topshirishda karikaturaning hajmi kichraytirilgan nusxasi topshiriladi. Ammo, 20-dekabrgacha uning yuqori sifatli, A4 formatidagi asl nusxasi ham taqdim etilishi lozim. 

Murojaat: beseder.cartoon@gmail.com

Tanlovning Facebook tarmog’idagi sahifasi bu yerda.

 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!