×

AQSh: bakalavr kurslari uchun 20000 AQSh dollarigacha grant


Grant

MUHLAT

15.03.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

3287 marta

AQShda joylashgan Montana Davlat universiteti (MSU) tomonidan bakalavr kurslari talabalari uchun taqdim etiladigan Office of International Programs Scholarship grant dasturlariga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitetda o’qitiladigan bakalavr kurslariga qabul qilingan eng a’lochi va eng iqtidorli chet ellik talabalarga beriladi. Grant dasturidan maqsad universitetdagi umidli xalqaro talabalarni moddiy jihatdan rag’batlantirish. Montana Universitetida o’qitiladigan barcha kurslar haqida to’liq ma’lumotni bu yerdan olishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Office of International Scholarships granti talabaning akademik yutuqlaridan kelib chiqib belgilanadi. Talabaning o’rtacha baholari va SAT, ACT kabi testlardan to’plagan ballariga asosan unga yiliga  4000 AQSh dollaridan 20000 AQSh dollarigacha grant beriladi. Agar talaba yaxshi o’qisa (4 ballik GPA tizimida kamida 3 ball natija) va chet ellik talaba statusini saqlab tursa grant bakalavr kursining barcha yillarida to’lanadi. 

Kontrakt haqida

Talablar:

Grantga saralash MSU’ga bakalavr kurslariga o’qishga hujjat topshirgan nomzodlar o’rtasida bo’ladi. Talabalika munosib topilgan va eng yuqori akademik ko’rsatkichlarga ega nomzodlarga grant belgilanadi.

Bakalavr kursiga qabul uchun umumiy talablar:

  1. Nomzod yuqori maktab (akademik litsey, kollej)ni tamomlagan bo’lishi kerak.
  2. Nomzodning baholari yaxshi yoki a’lo bo’lishi zarur.
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur. Qabul uchun kamida IElTS 6, TOEFL iBT 71 yoki TOEFL pBT 525 talab qilinadi. Ingliz tilini bilish darajasini isbotlashning boshqa usullari va test natijalarini taqdim etish haqida batafsil ma’lumotni bu yerdan olishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun alohida ariza berish shart emas, bakalavr kurslariga hujjat topshirgan barcha nomzodlar grant dasturi uchun avtomatik tarzda nomzodlikka qo’yiladi.

Bakalavr kurslariga hujjatlar onlayn tarzda bu yerda qabul qilinadi. Agar hujjatlarni qog’oz ko’rinishida topshirishni xohlasangiz, bu yerdan ariza formasini olib, to’ldirishingiz mumkin.

Kerakli hujjatlar:

  1. To’ldirilgan ariza.
  2. IELTS, TOEFL kabi tis testlari sertifikatlari.
  3. Baholar globalstudy@montana.edu elektron manziliga email orqali, yoki

Office of International Programs
Attn: International Admissions
PO Box 172260
411 Culbertson Hall
Bozeman, MT 59717 USA

Manziliga pochta orqali yuborilishi kerak.

  1. SAT testi natijalari (ihtiyoriy). Kod – 2420.
  2. ACT testi natijalari (ihtiyoriy). Kod – 4488

Boshqa ma’lumotlar esa ariza to’ldirish jarayonida taqdim etiladi.

Ariza topshirish uchun mahsus to’lov mavjud – onlayna riza uchun 38 AQSh dollari, qog’ozda topshirilgan hujjatlar uchun 30 AQSh dollari. Ariza to’lovi bu yerda to’lanadi.

Barcha hujjatlar (ham onlayn, ham oflayn) 2019-yil 15-martga qadar Universitet qabul bo’limiga kelib tushishi zarur. Hujjatlar qanchalik erta topshirilsa, natijalar ham shunchalik erta e’lon qilinadi.

Ma’lumot uchun globalstudy@montana.edu elektron manzili yoki +1 (406) 994-4031 raqamiga murojaat qilishinigz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!