Shape the Future Challenge – ariza topshirish vaqtida 15-20 yoshli yoshlar uchun moʻljallangan 3 haftalik onlayn tajriba boʻlib, mentorlik seanslari, seminarlar, qisqa videolar va boshqa mashgʻulotlardan iborat. Bu yilgi dastur va mashgʻulotlar iqlim oʻzgarishi muammosi va uni hal qilish uchun yechimlarga qaratilgan.
Dastur davomida ishtirokchilar 2-6 kishilik jamoada iqlim oʻzgarishi muammolarini hal qilish boʻyicha innovatsion yechimlar ustida ishlaydi va dastur yakunida oʻz yechimlari haqida video tayyorlaydi (ingliz tilida).
Eng yaxshi yechim ishlab chiqqan 7 ta jamoa yakuniy onlayn pitch (bellashuv) tadbiri – finalda qatnashadi. Bunda eng yaxshi gʻoya ekspertlardan iborat hakamlar hayʼati tomonidan tanlanadi va gʻolib jamoa AQSHning Kaliforniya shtatida joylashgan Silikon vodiysiga taʼlim sayohati bilan tashrif buyurish imkoniga ega boʻladi.
Mazkur dastur mashgʻulotlari 2024-yil 15-maydan 4-iyungacha onlayn shaklda olib boriladi.
Dastur mashgʻulotlari ingliz tilida olib boriladi.
Grant kimlar uchun?
15-20-yoshlilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Finalda gʻolib boʻlgan jamoa 2024-yilning kuzida oyida AQSHning Kaliforniya shtatida joylashgan Silikon vodiysiga (San-Fransisko) taʼlim sayohatiga borish imkonini qoʻlga kiritiadi. Bunda jaʼmoa aʼzolar uchun quyidagi imtiyozlar taʼminlanadi:
- Nomzod yashab turgan joyga eng yaqin xalqaro aeroportdan San-Fransiskoga samolyot orqali borish va qaytish chiptalari olib beriladi.
- Silikon vodiysidagi taʼlim sayohati davomida bepul turar joy taʼminlanadi.
- Silikon vodiysidagi dastur seminarlar, startaplar bilan uchrashuvlar, Instagram, Apple, Pinterest, Google kabi kompaniyalarga tashriflar, Singularity va Stenford universitetlari kampuslariga sayohatlardan iborat boʻladi.
Eslatma: Dastur viza, oʻzingizga eng yaqin xalqaro aeroportgacha borish, oziq-ovqat xarajatlarini qoplamaydi. Ushbu xarajatlarni ishtirokchilarning oʻzi qoplashi kerak.
Talablar:
Dasturga qatnashish talab va shartlari quyidagicha:
- Tanlovdan maqsad yaxshiroq kelajak uchun iqlim oʻzgarishi muammosi boʻyicha kreativ, innovatsion gʻoya va yechimlarni kashf qilishdir.
- Istalgan davlat fuqarolari qatnashishi mumkin.
- Dastur ariza topshirish vaqtida 15-20 yosh boʻlgan nomzodlar uchun moʻljallangan.
- Nomzodlar Moonshot Pirates platformasida alohida roʻyxatdan oʻtishi va ariza topshirishi kerak. Bunda yakka tartibda ham, jamoa shaklida ham roʻyxatdan oʻtish mumkin. Agar yakka tartibda roʻyxatdan oʻtilgan boʻlsa, platformada 10-15-may kunlari oʻziga jamoadosh(lar) topishi kerak boʻladi. Jamoa aʼzolari 2-6 kishi bʻlishi mumkin.
- Nomzodlar ingliz tilini yetarli darajada bilishi lozim. Barcha mashgʻulotlar ingliz tilida boʻladi.
- 2024-yil 4-iyungacha har bir jamoa iqlim oʻzgarishi muammosini hal qilishga hissa qoʻshuvchi bajarish mumkin boʻlgan va taʼsirga ega gʻoya/yechim ishlab chiqishi va shu asosda 1 daqiqalik video tayyorlab topshirish kerak. Bunda mavzuni oʻrganish va izlanish olib borish uchun bepul onlayn seminarlar va seanslarda qatnashish mumkin boʻladi.
Dasturga qabul jarayoni:
Dasturga qabul va unda ishtirok etish quyidagi tartibda amalga oshiriladi.
1-bosqich: roʻyxatdan oʻtish. Bunda nomzodlar yakka shaklda yoki jamoa sifatida roʻyxatdan oʻtishi kerak. Roʻyxatdan oʻtish muddatining oxirgi sanasi – 2024-yil 4-may. Roʻyxatdan oʻtish vaqti biror gʻoya/yechimga ega boʻlish shart emas. Roʻyxatdan oʻtganlar Moonshot Piratses platformasiga taklif etiladi. U yerda jamoadosh topish va jamoa tuzish kerak boʻladi. Dasturga BU YERDA roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin.
2-bosqich: jamoa tuzish. 2024-yil 10-mayda onlayn uchrashuv boʻlib oʻtadi va unda gʻolib boʻlish mezonlari hamda bajarish kerak boʻlgan vazifalar tushuntiriladi. Ishtirokchilar 2024-yil 15-maygacha 2-6 kishilik jamoa tuzib, bellashuv platformasida roʻyxatdan oʻtadi.
3-bosqich: gʻoya ishlab chiqish. Bu bosqich 2024-yilning 15-mayidan 4-iyunigacha davom etadi. Bunda ishtirokchilar mentorlik seanslari, seminarlar va vazifalar yordamida bilim hamda koʻnikmalarini oshiradi. Shu bilan birga, jamoalar gʻoya (yechim) ishlab chiqadi. 4-iyunda har bir jamoa oʻz gʻoyasi va 1 daqiqalik taqdimot videosini topshirishi kerak boʻladi.
4-bosqich: onlayn ovoz berish va final taqdimoti. Bu bosqich 2024-yil 6-iyundan 19-iyungacha onlayn ovoz berish boʻlib oʻtadi. Bunda 7 ta eng yaxshi gʻoya tanlanadi. Bu 7 jamoa oʻz yechimlari bilan yakuniy taqdimot – finalda qatnashadi. Hakamlar hayʼati gʻolib jamoani aniqlaydi.
Oʻtgan yilgi dasturlardagi gʻoliblarining video taqdimotlari bilan quyida tanishishingiz mumkin;
MUHIM: Dasturda ishtirok etishga kirishishdan oldin dasturning rasmiy saytidagi maʼlumotlar va koʻp beriladigan savollarga javoblar bilan batafsil tanishib chiqing.
Savollar yuzasidan BU YERDAGI shakl orqali tashkilotchilarga murojaat qilishingiz mumkin.