×

Buyuk Britaniya: doktorantura o’qish uchun kontraktga chegirma va 16000 funt sterling stipendiya


Grant

MUHLAT

08.03.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1600 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan Birkbeck University of London oliygohining Ijtimoiy fanlar, Tarix va Falsafa fakulteti (School of Social Sciences, History and Philosophy) uchun ajratilgan grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu fakultetda o’qitiladigan doktorantura tadqiqot kurslariga o’qishga qabul qilingan eng iqtidorli talabalarga ularni qo’llab-quvvatlash maqsadida beriladi. Fakultet tarkibida quyidagi yo’nalishlar mavjud:

Grant kimlar uchun?

Doktoranturada o'qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu grant dasturi doirasida grant yutib olgan talabaning o’qish kontrakt to’loviga chegirma qilinadi. Universitetda kurslar uchun kontrakt to’lovi Buyuk Bitaniya/Yevropa Ittifoqiliklar va boshqa davlat fuqarolari uchun turlicha belgilangan. Odatda YI va mahalliy talabalarning kontrakt to’lovi kamroq bo’ladi. Grant yutib olgan talaba mahalliy talabalar/YI’liklar uchun belgilangan kontrakt summasi (2018-2019 yil uchun 4260 funt sterling) miqdorida kontrakt to’lash huquqini qo’lga kiritadi. Bundan tashqari, unga 16777 funt sterling (stipendiya miqdori o’zgartirilishi mumkin) miqdorida stipendiya beriladi. Dastur doirasida 6 nafar talaba grant yutib oladi. Kontrakt haqida

Talablar:

Grantlar quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:

  1. Nomzod Birkbeck universiteti Mphil/PhD kursiga o’qishga qabul qilingan bo’lishi kerak. Nomzod kursga va grantga bir vaqtda hujjat topshirishi ham mumkin, bunda agar nomzod o’qishga qabul qilinsa va grantga munosib topilsa unga grant belgilanadi.
  2. Nomzod o’qishga kirgan kurs to’liq stavkali yoki sirtqi kurs bo’lishi mumkin.
  3. Nomzod yuqori shaxsiy va akademik ko’rsatkichlarga ega bo’lishi kerak. Grant eng yuqori natijalarga ega nomzodlarga beriladi.

Doktorantura kurslariga qabul uchun umumiy talablar:

  1. Nomzod magistratura kursini tamomlagan bo’lishi va baholari yaxshi yoki a’lo bo’lishi kerak.
  2. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Turli kurslar uchun til bilish darajasiga talablar ham turlicha. batafsil
  3. Nomzod ilgari o’qigan kurslar yo’nalishi u hujjat topshirayotgan kurs yo’nalishiga mos bo’lishi zarur.
  4. Har bir doktorantura kursining o’z ichki talablari ham bo’lishi mumkin, shuning uchun sizni qiziqtirgan kurs talablari bilan tanishib chiqishingiz talab etiladi. batafsil

Dasturga qabul jarayoni:

Grant va kursga hujjatlar alohida topshiriladi. Nomzod avvaliga kursga ariza berishi, keyin grantga hujjat topshirishi kerak.

Grantga ariza topshirish mavsumi 2019-yil 8-martgacha davom etadi.

Murojaat uchun bu yerga tashrif buyuring.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!