×

Gollandiya: magistratura uchun 11000 yevro stipendiya


Grant

MUHLAT

01.02.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Gollandiya

O'QILGAN

2565 marta

Gollandiyada joylashgan Leiden University oliygohining Walraven Master Scholarships grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grant dasturi shu universitetdagi MSc in Astronomy and Instrumentation (Astronomiya va asbobsozlik bo’yicha magistratura dasturi) kurslari uchun ajratilgan. Grantlar shu kurslarga qabul qilingan eng iqtidorli va umidli talabalarga ularni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash uchun beriladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Yevropa Ittifoqi (YI)ga kiradigan davlatlarda kontrakt to’lovi YI’ga kirmaydigan davlalardan bo’lgan talabalarga yuqoriroq kontrakt narxlari belgilanadi. Walraven grantini yutib olgan talabaga esa kontrakt narxi YI talabalari uchun belgilangan kontrakt miqdoriga tenglashtirib pasaytirib beriladi – bunda kontrakt miqdori yiliga 2060 yevroga tenglashadi. Undan tashqari, talabaga yiliga 11000 yevro stipendiya oyma-oy to’lab boriladi. Grant magistraturanng keyingi yili ham berilishi talabaning baholari va o’zini tutishiga bog’liq bo’ladi.

Talablar:

Grantlar quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:

  1. Nomzod Gollandiya fuqarosi bo’lmasligi kerak.
  2. Nomzod astronomiya yoki fizika yo’nalishlarida bakalavr diplomiga ega bo’lishi zarur.
  3. Nomzod a’lochi bo’lishi, katta yutuqlarga erishgan bo’lishi va bahoalri a’lo bo’lishi shart.
  4. Nomzod o’qish uchun moddiy yordamga muhtoj bo’lishi kerak.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Qabul uchun minimal talab IELTS 6.5 yoki TOEFL 90.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga hujjat topshirishdan oldin nomzod magistratura kursining o’ziga bu yer orqali hujjat topshirishi kerak. Ariza topshirishda nomzod a) akademik yutuqlarga erishganligi yoki b) moddiy yordamga muhtoj ekanini yoritib motivatsion xat yozishi kerak va o’zi haqidagi boshqa muhim ma’lumotlar (ism, telefon raqami, elektron pochta manzili va hkz) bilan qo’shib masters@strw.leidenuniv.nl elektron manziliga yuborishi kerak. Arizalar berilgandan o’tib bir oy ichida natijalar e’lon qilinadi.

Kursga hujjatlar 2019-yil 1-aprelga qadar qabul qiliadi. Qabul uchun kerakli hujjatlar:

  1. Passport nusxasi.
  2. CV.
  3. Motivatsion xat.
  4. Diplom va baholar.
  5. Til imtihoni sertifikati.
  6. Tavsiyanoma

Ma’lumot uchun masters@strw.leidenuniv.nl elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!