×

Mudofaa vazirligidan “Urush xotiralarida” ijodiy ishlar ko‘rik-tanlovi


Grant

MUHLAT

09.04.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

2248 marta

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Urush xotiralarida” nomli ijodiy ishlar ko‘rik-tanlovi eʼlon qilindi.

Tanlov Ikkinchi jahon urushi maydonlarida hamda mashaqqatli mehnat frontida mardlik va jasorat ko‘rsatgan barcha yurtdoshlarimizga hurmat va ehtirom ko‘rsatish, ularning nomlarini abadiylashtirish, o‘zbek xalqining buyuk g‘alabaga qo‘shgan hissasini keng miqyosda yoritish hamda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, urush asoratlarini unutmaslikka chorlash maqsadida o‘tkazilmoqda.

Tanlov quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha oʻtkaziladi:

  • Rangtasvir
  • Grafika
  • Haykaltaroshlik
  • Xalq amaliy san’ati
  • Bayon
  • Insho
  • Esse
  • Hikoyalar

Ushbu tanlov 2021 yildan boshlab har yili 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyida o‘tkaziladi.

Grant kimlar uchun?

Ixtisoslashtirilgan madaniyat maktablari, oliy ta’lim muassasalarining talabalari, o‘qituvchilari, san’at maktablarining o‘qituvchilari, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston badiiy akademiyasi, O‘zbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti, “Hunarmand” uyushmasi a’zolari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov gʻoliblari quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
  • Ko‘ngillilarning ushbu tanlovga taqdim etilgan materiallari va “Shon-sharaf muzeyi”dagi eksponatlar asosida “Xotiralardan o‘rin olgan tarix” kitobi yaratilishi rejalashtirilgan.

Talablar:

Tanlovda O‘zbekistondagi ixtisoslashtirilgan madaniyat maktablari, oliy ta’lim muassasalarining talabalari, o‘qituvchilari, san’at maktablarining o‘qituvchilari, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston badiiy akademiyasi, O‘zbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti, “Hunarmand” uyushmasi a’zolari ishtirok etishi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda ishtirok etishni istaganlar tanlov boshlanishidan 30 kun oldin (yaʼni 2022-yil 9-aprelgacha) “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga quyidagilarni taqdim etishi lozim:

  • Tanlovda ishtirok etish uchun ma’lumotnoma (rezyume);
  • Pasport (ID-karta) nusxasi;
  • Ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat (diplom) nusxasi (mavjud bo‘lsa);
  • O‘qish yoki ish joyidan berilgan ijodiy tavsifnoma va ma’lumotnoma;
  • 3×4 o‘lchamdagi 1 ta va 9×12 o‘lchamdagi 1 ta rangli fotosurat;
  • Tanlovda ishtirok etayotgan tomonidan yaratilgan, badiiy jihatdan hamda badiiy bezak va mantiq jihatdan to‘liq yakunlangan ijod namunasi (asar).

Tanlovda ishtirok etishni xohlaganlar o‘z ijodiy ishlarini quyidagi manzilga “tanlovga” degan belgi va rasmiylashtirilgan ariza bilan olib kelishlari yoki yo‘llashlari so‘raladi: 100069, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Sag‘bon ko‘chasi, 382-uy.

Aloqa va murojaat uchun telefonlar: +998 97 744 21 77, +998 99 860-18-87, +998 94 296 74 71

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!