×

Mukofot jamg’armasi 3000 AQSh dollari bo’lgan insholar tanlovi


Grant

MUHLAT

15.12.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

5994 marta

Hozirda texnologiyaning jadal rivojlanishi uni hayotimiz va kelajak haqidagi tasavvurlarimizning ajralmas qismiga aylantirdi. Yetakchi texnologiya kompaniyalari ham hozirda kelajakda qanday qilib koinotni zabt etish haqida bosh qotirmoqdalar. Oldindagi yuzlab yillar endi ortdagi yuzlab yillar kabi kechmaydi: insoniyat asrlar davomida o’z uyiga aylangan yer sayyorasidan uzoqda yashashi kutilayotgan kelajakka qadam qo’yish arafasida. Kelajakda millionlab insonlar butun umr yerga qo’nmasdan fazo kemalari va stansiyalarda yashashlari, kun va tun, osmon va yer, og’irlik tushunchalarini anglamay o’tishlari mumkin. Insoniyat na biologik, na aqliy jihatdan ko’nikkangan bunday muhitga qanday moslashadi, degan savolga hozirning yetakchi biolog, antropolog, fizik va texnologlari javob izlashmoqda.

Hozir aynan shu mavzudagi ijodiy insholar tanloviga talabalardan arizalar qabul qilinmoqda. Insholar “Our life on a spaceship: the future of mankind” mavzusida yozilishi zarur. Muallif koinotda yashash sharoitida nutq, muloqot va fikrlashda yuz beradigan o’zgarishlar haqidagi o’z tasavvurlarini texnologiyaga bog’lagan holda yoritib berishi kerak.

Grant kimlar uchun?

O’rta va oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov natijasiga ko’ra eng yaxshi deb topilgan 3 ta insho mualliflari pul mukofoti bilan taqdirlanadilar. Birinchi o’ringa 2000 AQSh dollari miqdoridagi asosiy mukofot ajratilgan. Keyingi ikki o’rinning har biriga 500 AQSh dollaridan beriladi.

Talablar:

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo’lgan nomzodlar quyidagi talablarga mos bo’lishlari zarur:

  1. Nomzod kollej, litsey yoki oliy ta’lim muassasasi talabasi (bakalavriat yoki magistratura) bo’lishi kerak.
  2. Nomzod 2018-yil 1-yanvardan 31-avgustgacha bo’lgan vaqtda o’qishni bitirmagan yoki tashlab ketmagan bo’lishi va to’liq stavkada o’qiydigan talaba hisoblanishi zarur.
  3. Nomzodning umumiy baho ko’rsatkichi (GPA) kamida 2.5 bo’lishi kerak.

Tanlovga topshiriladigan inshoning umumiy hajmi 500-1000 so’z bo’lishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Insholar onlayn tarzda taqdim etiladi.

Eslatmalar:

  1. G’oliblar 2019-yil 4-yanvar kuni CGTrader blogida, va email orqali e’lon qilinadi.
  2. Ta’sischilar haqida batafsil ma’lumotni bu yerda olishingiz mumkin.
  3. Tahminan qanday insholar yutib chiqishini bilish uchun o’tgan insho tanlovlari g’oliblarining insholari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!