×

Oʻzbekiston: Yoshlar Akademiyasi tomonidan mukofot jamgʻarmasi 90 mln soʻm boʻlgan videoroliklar tanlovi!


Grant

MUHLAT

30.09.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

2723 marta

Yoshlar akademiyasi “Ilm innovatsiya va taraqqiyot” videoroliklar ko‘rik-tanloviga start berilganini eʼlon qildi. Ushbu videoroliklar ko‘rik-tanlovning asosiy maqsadi – yoshlarning zamonaviy texnika va texnologiyalarga boʻlgan qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlash, ularda innovatsion tafakkur va yaratuvchanlik qobiliyatini rivojlantirishdan iborat.

Koʻrik-tanlov quyidagi 3 yoʻnalish boʻyicha oʻtkaziladi:

  • Buyuk ajdodlar merosi
  • Men ixtirochiman
  • Eng kreativ animatsion rolik

Grant kimlar uchun?

16-30 yoshli barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Har bir yoʻnalish boʻyicha 3 nafar (jami 9 nafar) sovrindor aniqlanadi va ular quyidagicha taqdirlanadi:

  • 1-oʻrinlar: har biri uchun 15 million pul mukofoti, gʻoliblik statuetkasi va maxsus sertifikat.
  • 2-oʻrinlar: har biri uchun — 10 million pul mukofoti, gʻoliblik statuetkasi va maxsus sertifikat.
  • 3-oʻrinlar: har biri uchun 5 million pul mukofoti, gʻoliblik statuetkasi va maxsus sertifikat.

Talablar:

Tanlovda qatnashish uchun nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • 16 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan iqtidorli yoshlar qatnashishi mumkin.
  • Har bir ishtirokchi faqat bir yoʻnalishda, bitta videorolik bilan ishtirok etishi mumkin.
  • Videorolikni yaratishda boshqa roliklardan foydalanish qatʼiyan man etiladi.
  • Har bir ishtirokchi videorolik uchun javobgar.
  • Ikkita ishtirokchi birgalikda yoki jamoa boʻlib ishtirok etishi taqiqlanadi.

Taqdim etiladigan videoroliklarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Davomiyligi eng kamida 1:30 dan 3:00 daqiqagacha davom etishi shart.
  • Formati mp4 (FullHD 1920*1080), (1080R), (albom) shaklda boʻlishi lozim.
  • Tasvir albom shaklda aks etgan videolar qabul qilinadi. Albom shakl qanday ekanini BU YERDA koʻrib olishingiz mumkin.
  • Ovoz va video sifati yuqori darajada boʻlishi kerak

Koʻrik-tanlovga joʻnatilgan videoroliklar quyidagi maqsad va vazifalarni oʻz ichiga olishi kerak:

  • holi va yoshlar oʻrtasida innovatsion gʻoyalarni targʻib etishi.
  • Kundalik va turmush tarziga qoʻllay oladigan va qulay tushunarli boʻlishi.
  • Kreativ gʻoyalarga ega boʻlishi.
  • Videorolikda qonunchilikka va odob-ahloqqa zid boʻlgan lavhalar boʻlmasligi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga arizalar 2022-yil 30-sentabr, soat 18:00 gacha qabul qilinadi. Arizani BU YERDA toʻldirish va topshirish mumkin. Arizani toʻldirishda barcha maʼlumotlar lotin alifbosida kiritilishi lozim.

Tanlovga qabul yakunlangach, topshirilgan ishlar 1 oy muddat davomida tanlov komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.

Koʻrik-tanlovda gʻolib boʻlganlarni aniqlash ikki bosqichda amalga oshiriladi:

  • 1-bosqichda taqdim etilgan videoroliklar Innovatsion rivojlanish vazirligining tegishli boʻlinmasi tomonidan texnik ekspertizadan oʻtkaziladi. Bunda ishtirokchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va videoroliklar tanlov talablariga muvofiq ekanligi tekshiriladi.
  • 2-bosqichda texnik ekspertizadan saralab olingan videoroliklar ko‘rik-tanlov komissiyasi tomonidan belgilangan baholash
    mezonlari asosida baholanadi hamda har bir yoʻnalish boʻyicha eng yuqori ball to‘plagan gʻoliblar aniqlanadi. Baholash mezonlari bilan tanlov nizomining 14-bandida tanishishingiz mumkin.

Tanlov gʻoliblarini taqdirlash marosimi 2022-yil noyabr oyida boʻlib oʻtadi.

MUHIM: Tanlovda ishtirok etishga kirishishdan oldin tanlov nizomi va rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!