×

Mukofoti 17 million so’m bo’lgan tanlov e’lon qilindi!


Grant

MUHLAT

10.04.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

2982 marta

O‘zbekistonda har yili maktab yoshidagi iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida matematika, fizika va informatika fanlarini integratsiyalashgan holda qamrab olgan ko‘rik-tanlov 2018-yilning 1-aprel kunidan boshlanadi. Bu tanlovda O‘zbekiston Respublikasi hududidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinf o‘quvchilari qatnashishlari mumkin, deb yozadi Toshkent shahridagi Inha universiteti sayti.

Grant kimlar uchun?

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinf o‘quvchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

G’oliblar quyidagicha mukofotlanadi:

1-o’rin – eng kam oylik ish haqining 100 baravari (17 million 224 ming so’m) miqdoridagi pul mukofoti;
2-o’rin – eng kam oylik ish haqining 75 baravari (12 million 918 ming) miqdoridagi pul mukofoti;
3-o’rin – eng kam oylik ish haqining 65 baravari (11 million 195 ming 600 so’m) miqdoridagi pul mukofoti.

Tanlovning uchinchi final bosqichi sovrindorlari “Muhammad al-Xorazmiy izdoshlari” nomli mukofot (statuetka)ni qo‘lga kiritishadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlov uch bosqichda o‘tkaziladi, deyiladi xabarda. Birinchi bosqich maktablar miqyosida 1-apreldan 10-aprelga qadar o‘tkaziladi. Mazkur bosqichda o‘quvchilar uchta fan bo‘yicha http://www.matfiz.uz/ saytida onlayn-test topshiradilar: matematika, fizika va informatika. 80 va undan yuqori ball to‘plagan o‘quvchilar ikkinchi bosqichga yo‘l olishadi.

Ikkinchi mintaqaviy bosqichda birinchi bosqichda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar matematika, fizika, informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan integratsiyalashgan holda amaliy masalalarni yozma topshiradilar. 75 va undan yuqori ball to‘plagan o‘quvchilar final bosqichiga yo‘l olishadi. Ikkinchi bosqichning o‘tkazilish sanalari qo‘shimcha tarzda tanlov saytida e’lon qilinadi.

Uchinchi final bosqichi iyun oyida Toshkent shahridagi Inha universitetida bo‘lib o‘tadi. Mazkur bosqichda ishtirokchilar matematika, fizika, informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan integratsiyalashgan holda amaliy masalalardan yozma ish topshiradilar.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!